So’nggi yangiliklar

22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  3 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  3 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  5 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  1 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   7 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  9 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  9 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  2 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  2 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0

“Nasaf” yangi futbolchilarini tanishtirdi Yangiliklar

“Nasaf” yangi futbolchilarini tanishtirdi

Teglar :  Nasaf
Bugun “Nasaf” professional futbol klubida jamoa safiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi o'tkazildi.

Marosimda turli yo'nalishlarda ijod qilayotgan OAV xodimlari, jurnalistlar va klub muxlislari ishtirok etishdi.
 
Marosimni “Nasaf” PFK bosh menedjeri SHamil Samigulovich kirish so'zi bilan ochib berdi.
 
-Davralar oralig'ida jamoamizni kuchaytirish bo'yicha sezilarli ishlarni amalga oshirdik, mana natijasini o'zlaringiz ko'rib turibsizlar. Safimizga besh nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi. Maqsadimiz chempionat ikkinchi davrasida va kubok uchun kurashda ijobiy natijalarni qo'lga kiritib, siz aziz muxlislarimizni xursand qilishdir. O'ylaymanki, safimizga qo'shilgan yangi futbolchilar o'zlarining chiroyli va mazmunli o'yinlari bilan jamoamiz yutuqlariga hissalarini qo'shishadi. O'zingizga malum, “Nasaf” klubi o'z oldiga faqat yuqori maqsadlarni qo'yadi va shu maqsadlarni amalga oshirish uchun harakat qiladi. Bu borada siz aziz muxlislar ham bizlarni qo'llab-quvvatlaysizlar deb, umid qidlamiz.
 
Yaqinda stadionimizda katta hajmdagi rekonstrukciya ishlari boshlanadi, stadion qiyofasi, futbol maydoni, o'rindiqlarni almashtirish va qo'shimcha binolar qo'rilishi rejaga kiritilmoqda. O'z-o'zidan savol tug'iladiki, agar stadionda rekonstrukciya ishlari boshlansa, jamoamiz o'yinlari qaysi stadionda bo'ladi? Biz o'zaro kelishgan holda, keyingi o'yinlarni “Geolog” stadionida o'tkazadigan bo'ldik.
 
SHundan so'ng jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich ham ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni va boshqa yangiliklar haqida aytib o'tdi.
 
-O'zlaringizga malum, jamoamizni ayrim o'yinchilarimiz tark etdi, albatta ularning jamoamiz yutuqlariga qo'shgan hissalari uchun minnatdormiz. Ana shu ketgan o'yinchilarni o'rnini to'ldirish va jamoamizda raqobatni kuchaytirish maqsadida ushbu futbolchilarni safimizga qo'shib oldik. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni o'z qarorgohimizda olib bordik va hozirgi kunlarda ham mashg'ulotlar davom ettirilmoqda.
 
Biz yana ayrim mahalliy futbolchilarni safimizga qo'shib olmoqchi edik, bu ish hozircha amalga oshmadi. Ammo safimizda yana yangi o'yinchilarni paydo bo'lishi ehtimoli yo'q emas. Bu yaqin kunlarda aniq bo'lishi kerak. Odil Hamrobekov? Odil ikkinchi davradan bizga yordam beradi. Ammo unga birdan katta yuklama bermaymiz, chunki uni davolagan germaniyalik shifokorlar  bizga shunday tavsiya berishgan. Dilshod Rahmatullaev? Dilshod yaqinda germaniyada jarrohlik amaliyotini o'tkazdi, endi uni maydonga qaytishiga uch oycha vaqt kerak bo'ladi. Maqsud Karimov va Ilhom SHomurodovlarda bazi OAVlarida yozilgani kabi jarohat emas, balki ular o'zlarini sog'ligini tiklashmoqda. Bu futbolchilar ham safimizda faoliyatini davom ettirishadi.


 
SHundan so'ng jamoaga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar tanishtirildi va ularga atalgan futbolkalar topshirildi.

Yangi futbolchilar haqida malumot.
 
Fozil Musaev – 1989 yil 2 yanvarda tavallud topgan (27 yosh), markaziy yarim himoyachi. 28 raqam ostida harakat qiladi.
 
SHaxboz Erkinov – 1986 yil 16 iyulda tavallud topgan (30 yosh), hujumchi. 15 raqam ostida harkat qiladi.
 
Ognen Krasich – 1988 yil 8 aprelda tug'ilgan (28 yosh), yarim himoyachi. 24 raqamda harakat qiladi. Fuqaroligi Serbiya Respublikasi.
 
Dragan CHeran – 1987 yil 6 oktyabrda tug'ilgan (28 yosh), hujumchi. 69 raqamda o'ynaydi. Fuqaroligi Serbiya Respublikasi.
 
Igor Golban – 1990 yil 31 iyulda tavallud topgan (25 yosh) markaziy himoyachi. 22 raqam ostida harakat qiladi. Fuqaroligi Rossiya Federaciyasi.
 
Marosim ishtirokchilari jurnalistlarning va muxlislarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishdi. Marosim yuqori kayfiyatda o'tdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика