So’nggi yangiliklar

15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  21 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  20 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  5 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2

Final oldidan! "Nasaf" xalqaro maydonda qanchadan beri yutqazmayapti? Yangiliklar

Final oldidan! "Nasaf" xalqaro maydonda qanchadan beri yutqazmayapti?

"Nasaf" bugun OFK kubogi chempionligi uchun Bahraynda maydonga tushadi.

Muharraq

AFC Cup Final Stage . final-tur

05/11/2021, 21:00

0
:
3
Tugadi

Nasaf Qarshi

45'
90'

35-o'yin

"Al Muharraq"ga qarshi bahs "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev uchun xalqaro maydondagi 35-o'yinga aylanadi (murabbiy sifatida). "Ajdarlar" Berdiev boshchiligida o'tkazilgan 34 o'yinning 14 tasida zafar quchishni uddalagan (6 durang, 14 mag'lubiyat). To'plar nisbati — 48:45 (+3). Malumot uchun, 34 o'yinning 28 tasi Osiyo CHempionlar Ligasi doirasida o'tgan.  

Ro'ziqul Sadullaevich qo'l ostidagi jamoaning xalqaro maydondagi eng yirik g'alabasi OFK kubogining joriy mavsumida qo'lga kiritildi. "Ajdarlar" Qarshida o'tgan bahsda Hindistonning "Mohun Bagan" klubini 6 gol bilan "mehmon qilishdi".

Berdievning xalqaro maydondagi eng yirik mag'lubiyati esa 2014 yil OCHL saralashining 2-bosqichida ro'y bergan. Qatarda o'tgan o'yinda Nabil Malul boshchiligidagi "Al Jaish" 5:1 hisobida zafar quchgan.

SHuningdek, 2018 yilning martida Xavisi bor "Al Sadd" Dohada "Nasaf" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan edi.

Mag'lubiyatsiz seriya

Quvonarlisi, Qarshi klubi 2018 yilning mart oyidan beri xalqaro maydonda engilgani yo'q. So'nggi 8 o'yinning 7 tasi "Nasaf" foydasiga hal bo'lgan, 1 ta durang ("Persepolis" bilan).

Oxirgi mag'lubiyat bundan 3 yil avval Dohada qabul qilib olingan edi:

Osiyo chempionlar ligasi. C guruh, 4-tur

"As-Sadd" (Qatar) - "Nasaf" (O'zbekiston) 4:0

Gollar: 1:0 - 3 Xavi, 2:0 - 15 Abdulkarim Hasan, 3:0 - 43 Bag'dod Bunedja, 4:0 - 70 Jugurta Hamrun.

“As-Sadd”: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Migel, 5.Hamrun Jugurta, 6.Xavi (10.Hasan Al Haydos, 60), 11.Bag'dod Bunedja, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdulkarim Hasan, 16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Axmad Suhail (3.Yosir Abubakr Iso, 80), 96.Akram Afif (8.Ali Asadalla, 74).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliev, 66), 55.Slavko Lukich, 69.Dragan CHeran (20.Islom Kenjaboev, 21), 77.Jasur Hasanov (8.Sanjar Rashidov, 78), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirish: Jasur Hasanov 45.

Umid qilamizki, "ajdarlar"ning 8 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi bugun chempionlik bayramiga ulanib ketadi.

OFK Kubogidagi so'nggi mag'lubiyat

"Nasaf" joriy mavsum OFK kubogidagi o'yinlarning barchasida zafar quchayotganidan xabaringiz bor. "Ajdarlar"ning turnirdagi so'nggi mag'lubiyati 2011 yilning 27 sentyabrida qayd etilgan. O'shanda Tailandning "CHonburi" jamoasi Qarshidagi "Markaziy" o'yingohda 1:0 hisobida g'olib bo'lgan (chorak final). Biroq, dastlabki uchrashuvda "Nasaf" xuddi shu hisobda yutgani bois tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qilishgan va yakunda hamyurtlarimizning qo'li baland kelgan edi.

SHundan keyin o'tkazilgan 9 o'yinning 8 tasida "Nasaf"ning qo'li baland keldi (1 durang). To'plar nisbati — 25:6 (+19).

"Al Muharraq" — "Nasaf" o'yini haqida 13 fakt

Muallif :
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика