So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Nasaf" va "Qo'qon-1912" tepgan penaltilar noto'g'ri belgilandimi? Suyunovning qizil kartochkasi haqqoniymi? Superliga 9-turining bahsli vaziyatlari tahlili Yangiliklar

"Nasaf" va "Qo'qon-1912" tepgan penaltilar noto'g'ri belgilandimi? Suyunovning qizil kartochkasi haqqoniymi? Superliga 9-turining bahsli vaziyatlari tahlili

Rossiyalik hakam o'zbek hakamlari qaerda va qanday xato qilgani haqida.

O'tgan turdan boshlab Championat.Asia sayti hakamlarning bahsli qarorlarini muhokama qilmoqda. Saytimizga rossiyalik sobiq hakam, hozirda sport jurnalisti va «Alyo, ref!» telegram kanali muallifi Ilya Oblomov ekspert vazifasini bajarmoqda.

U Championat.Asia sayti uchun maxsus Superliganing 9-turidan o'rin olgan bahsli vaziyatlarni tahlil qilib berdi.



#1 vaziyat - "Olimpik" - "Lokomotiv" uchrashuvi




"Lokomotiv" futbolchisi jarima maydoni burchagi yaqinida to'p bilan, uni ikki nafar "Olimpik" futbolchilari (#28 va #23) qarshi olishdi, taxminan hujumchidan 1-3 metr uzoqlikda. #23 raqam, sal orqaroqda turib, dastlab sheriklariga qandaydir ko'rsatma berganga o'xshab, qo'lini tanaga perpendikulyar tarzda ko'tardi (qo'lini bunday ko'tarish orqali u jazolanishga yaqin).

"Loko" futbolchisi darvoza tomon kuchli bo'lmagan to'p uzatishni amalga oshirdi, shu onda #23 raqamli futbolchi qo'lini tanasiga yaqinlashtirib tushirdi. To'p qo'lga tekkan paytda qo'l tanaga parallel tarzda edi. To'p qo'lga tekkan paytda qo'l tabiiy holatda edi.

To'g'ri qaror - o'yinni davom ettirish kerak. Hakam to'g'ri qabul qildi.



#2 vaziyat - "Olimpik" - "Lokomotiv" uchrashuvi




"Lokomotiv" vakili (#11) va "Olimpik" darvozaboni o'rtasida jarima maydoni ichida to'qnashuv sodir bo'ldi. Qizil formadagi futbolchi so'nggi lahzada o'ng oyog'i bilan to'pni o'ziga to'g'rilab olishga ulgurdi. Keyinroq to'pga o'ynamoqchi bo'lgan darvozabon tashlanadi va tanasi bilan raqibga uriladi Hakam yaxshi poziciyada turgandi va hujumni yaxshi ko'rib turgandi.

Kartochkalarsiz 11-metrli jarima to'pi belgilanishi kerak, sababi bu ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan qoidabuzarlik. To'p darvoza tomonga emas yon tomonga ketayotgandi. Hakam VAR orqali to'g'ri qaror qabul qildi.




#3 vaziyat - "Navbaxor" - "Neftchi" uchrashuvi




Autdan keyin to'p darvoza chizig'i, burchak to'pi tomon. Hakamlar joylashuvi optimal, vaziyat qanot hakami oldida sodir bo'lmoqda, u himoyalanayotgan tomon foydasiga jarima to'pini ko'rsatishi kerak (qanot hakami shunday ham qildi).

Ushbu vaziyat kartochkalarni talab etmaydi: "Navbahor" futbolchisi "Neftchi" futbolchisining elkasidan turtib yubordi, uning harakatlarida kuch va intensivlik yo'q. Hakamlar to'qnashuvdan keyin darhol vaziyatga aralashishdi.

CHigilyozdi mashg'ulotlarini amalga oshirayotgan "Neftchi" futbolchilarining yonidagi murabbiylardan biri (Dilshod Jabborov - izoh championat.asia), maydonga tushib bosh hakamga nimadirlar gapira boshlaydi, bosh hakam aslida darhol qizil kartochka ko'rsatishi kerak edi. Aslida u birinchi sariq kartochkani ko'rsatib kichik xatoga yo'l qo'ydi.



#4 vaziyat - "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvi



"Navbahor" futbolchisi qanotdan to'p uzatmoqda, to'p esa "Neftchi" himoyachisining qo'liga tegmoqda. Bu narsa jarima maydoni ichida sodir bo'lmoqda, himoyachi to'p uzatilishidan oldin qo'llarini orqaga berkitdi. Qo'l tanaga yopishgan va tabiiy holatda.

O'yinni davom ettirish kerak. Bu holatda qanot hakami ham vaziyatni nazorat qilishi lozim. Hakamlar to'g'ri qaror qabul qilishdi.




#5 vaziyat - "Nasaf" - "Qizilqum"




Juda qiyin vaziyat. "Nasaf" futbolchisi to'pni darvozadan chetroqqa to'g'rilab yubordi, ammo keyingi harakati bilan gol urishi mumkin edi. Darvozabon ham to'pga intildi, ammo unga eta olmay, inerciya orqali tanasi bilan raqibni yiqitdi. O'z navbatida "Nasaf" futbolchisi to'pni urib yuborib, sakramoqda va chap oyog'ini negadir orqada qoldirmoqda, yani to'pga o'ynaganidan keyin negadir to'pga intilmayapti.

Bu erda "Nasaf" futbolchisiga simulyaciya uchun sariq kartochka berish va "Qizilqum" foydasiga erkin zarba belgilash kerak edi. Agar bosh hakam o'z qarorini izohlasa VAR aralashmaydi.




#6 vaziyat - "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi




"Qo'qon" futbolchisi jarima maydoniga kirib bordi va to'pni o'ziga to'g'rilab oldi. "Paxtakor" himoyachisi o'ng oyog'i bilan to'pga harakat qildi, to'pga eta olmagach tabiiy holatda oyog'ini erga qo'ydi. SHu bilan birga oyog'ini biroz raqibdan tortishga urindi va kurashga kirishmasligini ko'rsatmoqchi bo'ldi.

Hujumchi, himoyachining oyog'i to'xtayotganini ko'rib, penalti ishlashga urindi va oyog'ini birlashtirib yiqildi. Agar himoyachi raqibga tekkan bo'lsa ham bu penalti uchun etarli emas. Hujumchi bu kontaktni kuchaytirmoqchi va hakamni aldamoqchi. Bu o'yinning 1-daqiqasi ekani hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatish va "Paxtakor" foydasiga erkin zarba belgilanishi lozim. O'yinda VAR bo'lsa vaziyatga aralashishi kerak edi.




#7 vaziyat - "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi




"Paxtakor" futbolchisi kurashga qo'shilishga ulugrmaydi. "Qo'qon" futbolchisi to'pni tepib yuborganidan keyin raqib butsaning tag qismi bilan uning oyog'ini bosib oladi.

Takroriy lavha oyoqning aynan qaysi qismi bosilganini ko'rsata olmadi, ammo taxminimcha u to'pig' atrofida edi. O'z navbatida "Paxtakor" futbolchisi butun tanasini shu oyoqqa tashlamadi va kontaktni kamaytirishga urindi. Bu erda intensivlik va kuch kam, futbolchi to'pga o'ynamoqchi. Hakam ideal poziciyada edi va nega ogohlantirish bermagani g'alati. "Qo'qon-1912" foydasiga jarima to'pi belgilash va "Paxtakor" futbolchisiga sariq kartochka berish kerak.

O'tgan turdagi deyarli shunga o'xshash vaziyatni yodga oladigan bo'lsak, bu erda kontakt biroz yumshoqroq kechgan. "Paxtakor" futbolchisi imkon qadar kontakt kamroq bo'lishini xohlagan, "Olimpik" vakili esa o'tgan turda mana bu harakati uchun qizil olgandi:





#8 vaziyat - "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi




"Qo'qon-1912" futbolchisi to'pni yon tomonga to'g'rilab oldi, shundan keyin "Paxtakor" himoyachisi oyog'ini erga qo'yishdan oldin raqibning oyog'iga tegadi. Kontakt juda kichik, intensivlik va kuch juda kam.

SHunga qaramay, kartochkalarsiz, ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan qoidabuzarlik uchun 11 metrli jarima to'pi belgilanishi kerak. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.




#9 vaziyat - "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi



Bosh hakam "Paxtakor" darvozaboniga qizil kartochka ko'rsatdi. Katta ehtimol bilan haqoratli gaplar uchun bo'lsa kerak. Afsuski rasmiy izohni hech qaerdan topa olmadim, shu bois chetlatishni faqat shunday izohlay olaman. Sariq kartochka sportchilarga xos bo'lmagan harakat uchun beriladi. Agar darvozabon bosh hakamni haqorat bo'lsa, referi to'g'ri qaror qabul qilgan.


«Alyo, ref!» telegram kanali muallifi Ilya Oblomov 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика