"Nasaf” Ukraina klubi bilan durang o'ynadi
07 fev 2020 21:55
Yangiliklar


"Nasaf” Ukraina klubi bilan durang o'ynadi
Xabaringiz bor, Qarshining “Nasaf” klubi Superligaga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirmoqda.
“Ajdarlar" mazkur yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Ukrainaning “Kolos” jamoasi bilan kechgan murosasiz bahsda kuchlar teng keldi va 2:2 hisobida durang natija qayd etildi.
“Nasaf”ning gollariga, Tailandda o'tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etib qaytgan SHarof Muhitdinov va muxlislar tomonidan kashfiyot sifatida etirof etilgan Oybek Bozorov mualliflik qilishdi.
Eslatib o'tamiz, navbatdagi nazorat o'yini 20 fevral kuni Ukrainaning yana bir klubi “Vorskla”ga qarshi bo'lib o'tadi. SHuningdek yig'in davomida bir qator legionerlar ham ko'rikdan o'tishi rejalashtirilgan.
"Nasaf" - "Kolos" 2:2
"Nasaf" gollari: SHarof Muhitdinov, Oybek Bozorov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar