"Nasaf" Toshkentda, Muhammadiev va Sayfiev maydonga tushishi mumkin
17 okt 2014 00:28
Yangiliklar


"Nasaf" Toshkentda, Muhammadiev va Sayfiev maydonga tushishi mumkin
Qarshining "Nasaf" jamoasi Qarshi-Toshkent avia reysi orqali poytaxtga uchib keldi.
Kecha Ro'ziqul Berdiev jamoa etakchilari SHuhrat Muhammadiev, Eldor Suyunov hamda Farruh Sayfievlarga dam olish imkonini berganligi haqida xabar bergandik. Ammo terma jamoamiz azolari SHuhrat Muhammadiev va Farruh Sayfiev ham "Nasaf" birgalikda Toshkentga uchib kelishgan. Tarkibda faqatgina Eldor Suyunov yo'q. Demak "Paxtakor"ga qarshi kechadigan bahsda Ro'ziqul Berdiev jamoa etakchilari SHuhrat Muhammadiev va Farruh Sayfiev xizmatlaridan foydalana olishi mumkin.
"Nasaf" klubi Toshkentdagi "Grand Atlas" mehmonxonasida istiqomat qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Oliy liganing 23-tur markaziy o'yini "Paxtakor" - "Nasaf" bellashuvi bugun soat 17:00da "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi.

Fikrlar