"Nasaf" shifokori Umidjon Ergashevning holati haqida malumot berdi
29 iyu 2021 07:50
Yangiliklar
"Nasaf" shifokori Umidjon Ergashevning holati haqida malumot berdi
O'zingizga malum, kecha "Qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvining 75-daqiqasida Umidjon Ergashev mezbonlar futbolchisi SHoxnazar Norbekov bilan to'qnashib ketishi natijasida tez tibbiy yordam mashinasida maydonni tark etgan edi.
Umidjonning hozirgi ahvoli haqida "Nasaf" shifokori axborot berdi.
"Umidjon Ergashevga dastlabki tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. Unga bosh miyaning engil chayqalishi va lab sohasining yirtilishi tashxisi qo'yildi. Umidjon hozir jamoamiz bilan birga va ahvoli qoniqarli darajada. Ergashev yana bir bor tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi va shundan so'ng muolajalar tayinlanadi", - deydi Maruf Berdiev.
Fikrlar