So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

"Nasaf" sardori Jizzaxdagi o'yin yakunida sodir bo'lgan tartibsizlik haqida gapirdi Yangiliklar

"Nasaf" sardori Jizzaxdagi o'yin yakunida sodir bo'lgan tartibsizlik haqida gapirdi

O'zbekiston Kubogi-2021 chorak finalining so'nggi uchrashuvi Jizzaxda bo'lib o'tdi.

Unda Qarshining "Nasaf" klubi mezbonlar ustidan minimal hisobda zafar quchdi. 54-daqiqada SHohmalik Komilovning penaltidan kiritgan goli Ro'ziqul Berdiev jamoasiga g'alaba keltirdi. 

Ilgiz Tantashevning so'nggi hushtagi chalingach, ikkala jamoalari o'rtasida tortishuv kelib chiqqanidan xabaringiz bor. Barchasi tinchiganidan keyin bahsni kuzatish uchun Jizzaxga etib borgan muhbirimiz "Nasaf" sardori Umarbek Eshmurodovning fikrlari bilan qiziqdi.

"O'yin qiyin bo'ldi. Jizzaxga OFK kubogi finalidan oldin kelganimiz bois asosiy tarkib o'yinchilarining bazilari zaxirada qoldi. Murabbiy ularga dam berish bilan birga, jarohatdan ham asrashni o'ylagandi. Bu maydonda to'p tepish sal qiyinroq, chunki notekis. SHu tufayli yigitlar ozroq qiynalishdi. Lekin yutib oldik, muhimi g'alaba. Yarim final yo'llanmasi bilan muxlislarni tabriklaymiz".

— Qarshidagi o'yinda ham Bahodir Nasimov va sizning o'rtangizda ko'p to'qnashuvlar bo'lgandi. Buning futboldan tashqari sababi yo'qmi?

— A, yo'q, bu futbolda ko'p uchraydigan holat. U ham g'alabani xohlaydi, men ham. Bunga jiddiy etibor berish kerak emas.

— Tantashevning o'yinni yakunlovchi hushtagi chalinganidan keyin yuz bergan tartibsizliklar haqida nima deysiz?

— O'yin suratini ko'rdingiz, hamma qizishib ketdi. Bu tabiiy jarayon. To'g'ri, ichkarida biroz tartibsizlik bo'ldi. Biroq, hech qanday janjal yoki urushga aylangani yo'q. Barcha jimgina kiyim almashtirish xonasiga kirib ketdi.

— Maydondan chiqib ketish jarayonida raqib ustozi (Baqoev) bilan dahanaki jangga kirishdingiz...

— Aytdim-ku, barcha qizishgandi. Futbolda asablarni jilovlab turish qiyin. Lekin Ulug'bek aka bilan oramizda hech narsa bo'lgani yo'q. U o'z futbolchilariga gapirayotgan ekan, men ham Baqoevning manzili tomon hech narsa deganim yo'q. 


— OFK kubogi finalida omad tilaymiz!

— Sizga ham rahmat! Bahraynda butun o'zbek xalqi uchun o'ynaymiz. Nasib qilsa, kubok bilan qaytamiz.

Faxriddin suhbatlashdi

Muallif :
Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика