So’nggi yangiliklar

17:56"Атлетико" тўхтамаяпти, улар энди "Барселона" футболчиси билан келишиб олишди  1 17:32Про-лига. "Дўстлик" - "Олимпик Mobiuz". Асосий таркиблар маълум  0 17:14Равшан Эрматовга ҳамдардлик билдирамиз  9 16:44"Реал" бугун "Барселона"дан ўтиб кетиши ва навбатдаги рекордларни ўрнатиши мумкин  6 16:16ОЧЛ-2. "Насаф"нинг эҳтимолий рақиблари маълум  16 15:53"Ливерпуль" ниҳоят ишга киришмоқда  1 15:20Ҳусайннажодмахаленколай Муҳаммаджавад Рамазон — "Динамо"нинг янги футболчисининг исм фамилиясини нечта уринишда ўқидингиз?  7 15:04Суперлига. 16 ва 17-тур, шунингдек қолдирилган ўйинларнинг бошланиш вақти маълум  11 14:18"Аякс" клуби де Лигт ва Мазрауини сотиб олган МЮ ҳақида ўзгача пост қўйди  7 13:50Бу - футбол эмас, цирк!  13 13:34Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси устидан жиноий иш қўзғатилди  9 12:54Анчелотти: "У тайёр"  5 12:26"Реал"ни таслим этишимизга ишонаман"  8 11:58УЕФА Суперкубоги. "Реал" ва "Аталанта"нинг тахминий таркиби билан танишинг  12 11:32"Олимпик"нинг эртаси нима бўлади?  12

"Nasaf": Raqibimiz – “Al-Ayn” haqida Yangiliklar

"Nasaf": Raqibimiz – “Al-Ayn” haqida

Teglar :  NasafAl Ayn
“Nasaf” jamoasining bu yilgi OCHLdagi raqiblari juda kuchli va nomdor hisoblanadi. O'tgan mavsumdagi guruhdoshlaridan BAAning “Al-Ahli” klubi OCHL-2015 finalida ishtirok etganidan ham xabardorsiz.

“Ajdarlar” OCHLning 5-turini o'z maydonida Birlashgan Arab Amirligi Al-Ayn shahrining “Al-Ayn” klubini qabul qiladi. Guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuv ham ushbu jamoaga qarshi, safarda bo'ladi.
 
Al-Ayn shahri jamoasi Birlashgan Arab Amirligining moliyaviy jihatdan eng barqaror klublardan hisoblanadi. SHuningdek jamoa safida qanotlarda va maydon markazida yuqori tezlik hamda yaxshi texnikaga ega bo'lgan futbolchilar harakat qilishadi. Klubda shuningdek yosh futbolchilarni tayyorlashga ham katta etibor beriladi. “Al-Ayn” futbol akademiyasidan etishib chiqqan yosh futbolchilar, turli yoshdagi mamlakat terma jamoalari safida o'ynashadi.
 
Quyida umumiy malumotlar bilan tanishing:
 
Nomi: Al-Ayn, BAA, Al-Ayn shahri
Laqabi: Boss
Tashkil etilgan yili: 1968
Stadioni: Hazza bin Zayed Stadium, sig'imi: 25 000 o'rin
Klub prezidenti: SHayx Muhammad bin Zayd Al Nahyan
Bosh murabbiyi: Zlatko Dalich (Bosniya va Gercegovina)
Yutuqlari:

BAA chempioni: 1977, 1981, 1984, 1993, 1998, 2000, 2002, 2003, 2004, 2012, 2013, 2015
BAA Kubogi sohibi: 1999, 2001, 2005, 2006, 2009 yillar
BAA super Kubogi sohibi: 1995, 2003, 2009, 2012 yillar
Fors ko'rfazi kubok egalari kubogi sohibi: 2001 yil
OCHL g'olibi: 2003 yil


 
TARKIBI
 
“Al-Ayn” klubi bu yil OCHLda ishtirok etishi uchun 30 nafar futbolchini OFK ro'yxatidan o'tkazgan. SHulardan 4 nafari darvozabon, 11 nafar himoyachi, 12 nafar yarim himoyachi va  3 nafar hujumchi. SHulardan 23 futbolchi Qarshiga keladi.
 
Hozirgi paytda jamoaning 8 nafar futbolchisi BAA milliy terma jamoasi azosi hisoblanadi. Bular: 16.Muhammad Alraqi, 10.Umar Abdulrahmon, 4.Ismoil Axmad, 7.Muhammad Axmad G'arib, 18.Axmad Barman, 6.Muhanad Salim, 1.Xolid Iyso va 12.Muhammad Favzilardir.
 
Mamlakatimiz futbol ishqibozlariga yaxshi tanish  bo'lgan aka-uka Xolid va Umar Abdulrahmonlar hamda Ibrohim Diakilar ushbu jamoada to'p tepishadi.
 
LEGIONERLARI
 
“Al-Ayn” klubi safida ayni payt to'rt nafar xorijiy – legioner futbolchi faoliyat yuritmoqda. Ular - Flip Bastos (Braziliya), Dianfres Duglas (Braziliya), Danilo Asprilla (Kolumbiya), Li Myung Ji (Janubiy Koreya) kabilardir. Ulardan Duglas hujum chizig'ida, Bastos, Asprilla va Li Myung Jilar yarim himoyada harakat qilishadi.
 


MURABBIY
 
“Al-Ayn” jamoasini 2014 yildan buyon bosniyalik mutaxasis Zlatko Dalich boshqarmoqda. Ushbu mutaxasis shu yili 50 yoshga to'ladi.
 
Zlatko DALICH
 
Tug'ilgan sanasi: 26.10.1966 yil
Tug'ilgan joyi: Livno, Bosniya
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
 
O'ynagan jamoalari: 1983-1986 “Xayduk”, 1986-1987 “Dinamo” Vinkovci, 1988-1991 “Velez Mostar”, 1992-1996 “Varteks”, 1996-1998 “Xayduk”, 1998-2000 “Varteks”.
 
Boshqargan jamoalari: 2005-2007 “Varteks”, 2006-2011 Xorvatiya U-21 terma jamoasi (yordamchi), 2007-2008 “Rieka”, 2008-2009 “Dinamo” Tirana, 2009-2010 “Slaven”, 2010-2012 “Al Faysali”, 2012-2013 “Al Hilol” (2-jamoa), 2013 “Al Hilol”, 2014 yildan “Al Ayn”da.
 
Erishgan yutuqlari: Saudiya shahzoda Kubogi sohibi-2013, BAA Prezidenti Kubogi sohibi-2014.
 
OCHL-2016dagi ishtiroki
 
“Al-Ayn” klubi OCHL-2016 4-turidan keyin 6 ochko bilan guruh jadvalining 2-pog'onasini band etib turibdi. Raqibimiz ikki uchrashuvda g'alaba qozongan va ikki marta mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 5-5ga teng. Jamoaning braziliyalik 9-raqamdagi hujumchisi Dyanfres Duglas 3 marta raqiblari darvozasiga gol kiritgan. Umar Abdulrahmon va Said Alxotirilar hisobida 1tadan gol bor. Jamoaning 16-raqamdagi yarim himoyachisi Muhammad Alraqi diskvalifikaciya tufayli bu turda jamoasiga yordam bera olmaydi. U o'tgan turda “Al-Ahli” jamoasiga qarshi uchrashuvda ikkinchi marta sariq kartochka olgan.


 
BAA chempionatidagi ishtiroki
 
Ayni paytda Birlashgan Arab Amirligining 23-tur uchrashuvlari yakunlangan. Raqibimiz – “Al-Ayn” jamoasi 53 ochko bilan turnir jadvalining 2-pog'onasini band etib turibdi. Ular o'tgan 23 uchrashuvning 17tasida g'alaba qozonishgan, 2 uchrashuvda durang va 4 uchrashuvda mag'lubiyatga uchrashgan. To'plar nisbati 48-21.
 
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” jamoasi 19 aprel seshanba kuni navbatdagi 5-tur uchrashuvini o'z maydonida “Al-Ayn” jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 19:30da boshlanadi.
 
Uchrashuvni koreyalik FIFA hakami – Kim Dong Jin boshqaradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика