So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

"Nasaf" Qarshida "Lokomotiv"ni mag'lub etdi va peshqadamlikni mustahkamladi Yangiliklar

"Nasaf" Qarshida "Lokomotiv"ni mag'lub etdi va peshqadamlikni mustahkamladi

Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

Oliy liga, 7-tur.


Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent) 1:0

1 may 2015. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30

Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), A. Capenko (Toshkent vil.), N. Boltaev (Navoiy)

Nazoratchi:
I. SHaripov (Buxoro).

Gol: Farruh Sayfiev (10 - Ilhom SHomurodov)

"Nasaf": 25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom SHomurodov (27. Ilhom Yunusov, 82), 15.Roy Rok, 17.Artur Gevorkyan, 18.Bahrom Abduraximov (22. SHohruh Gadoev, 60), 20.Erkin Baydullaev, 23.SHerzod Azamov, 32.Hamza Karimov, 33.Odiljon Hamrobekov, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 30.O'tkir Yusupov, 5.Botir Qoraev, 7.Akram Baxriddinov, 16.Alisher Yusupov, 38.Doniyor Narzullaev.

"Lokomotiv": 12.Mamur Ikromov, 3.SHavkat Mullajonov, 7.Ruslan Koryan (10.Marat Bikmaev, 59), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (99.Damir Koyashevich, 67), 17.Salim Mustafoev, 18.Temur Kapadze (s), 22.Sanjar SHoahmedov, 24.Ibrohim Rahimov, 28.Ikrom Aliboev, 31.Nemanya Yanichich, 33.Oleg Zoteev (77.Jasur Hasanov (katta), 54).
Zaxira: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Bobur Yuldashev, 13.Lutfulla To'raev, 16.Jasur Hasanov (kichik).

Ogohlantirish
: Roy Rok (41)
 

                                       MATNLI TRANSLYACIYA
                                                
YANGILASH



- Uchrashuvdan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha!


- "Nasaf" chempionlik poygasida asosiy davogar "Lokomotiv" jamoasi ustidan qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.


- O'YIN TUGADI!


- XAVFLI VAZIYAT!!!!!!!!!!!!!!!! FARRUH SAYFIEV!!!!!!!!!!! MA'MUR IKROMOV!!!!!! QANDAY "SEYV"!!!!!!!!



- Qo'shimcha daqiqalar o'tib bormoqda. "Loko" hujumda, "Nasaf" himoyada o'ynamoqda...


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


90` Marat Bikmaev!!!!!!!!! Xavfli vaziyat!!!!!
Ikrom Aliboevdan "reyd"! Aliboev to'pni Mustafoev tomon uzatdi va jamoasi hujumini rivojlantirdi. Ibrohim Salim Mustafoevning oshirib bergan to'pini Marat Bikmaev boshi bilan darvozaga yo'lladi. Birozgina noaniq!


89`
Ikrom Aliboevga tasanno! "Nasaf"dan Eldor Suyunov bunday etiroflarga loyiq bugun! Hisob va natija qanday bo'lishidan qatiy nazar!


88`
"Nasaf" qarshi hujumda o'ynadi! SHohruh Gadoev qulay vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Uning tepgan zarbasini himoyachi bartaraf etdi.


87`
"Nasaf" butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda. "Lokomotiv" esa aksincha.


85`
Artur Gevorkyan "Lokomotiv" futbolchilaridan birin-ketin o'tib ketdi va jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Biroq Ceytlin jim.


84`
Farruh Sayfiev raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


83` O'zgarish. "Nasaf". Ilhom SHomurodov o'rniga Ilhom Yunusov maydonga tushdi.


82`
"Lokomotiv" "Nasaf"ga katta bosim o'tkazmoqda.


80`
"Nasaf"ning hujumi!! SHohruh Gadoevning qanotdan etkazib bergan to'piga Artur Gevorkyan zarba berdi. Mamur Ikromovga bu zarba qiyinchilik tug'dirmadi.


78`
Salim Mustafoevning jarima maydonchasi atrofidan yo'llagan aniq zarbasini Eldor Suyunov ushlab oldi.


77`
Burchak to'pidan oshirib berilgan to'pga chiqishda Suyunov epchillik bilan harakat qildi va xavfni bartaraf etdi.


76`
Ikrom Aliboev bugun juda va juda faol o'ynamoqda. Uning Eldor Suyunov qo'riqlayotgan darvozaga uzoqdan yo'llagan zarbasi yo'l-yo'lakay futbolchiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi. Burchak to'pi.


75`
Uchrashuv juda keskin kurashlar ostida o'tmoqda. SHerzod Azamov o'z qanotida Jasur Hasanovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.


73`
"Lokomotiv"dan hujumlar yomg'iri!!!! Eldor Suyunov so'nggi daqiqalar ichida 4 marotaba chinakamiga "seyv" qildi va jamoasini gollardan qutqarib qoldi.


71`
Xavfli vaziyat!!!!!! Ikrom Aliboev!!!! Eldor Suyunov!!!!!! Aliboevning kuchli va aniq zarbasini Suyunov qaytarib qolmoqda. Eldor Suyunov yana jamoasi joniga oro kirdi.


70`
"Lokomotiv" jamoasi xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshirdi. Damir Koyashevichning kuchli zarbasini Eldor Suyunov qaytarib qoldi! Barakalla, Eldor!


68`
Xavfli vaziyat!!!!!!! Marat Bikmaev!!! Eldor Suyunov!!!! Jasur Hasanovning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'pini Marat Bikmaev boshi bilan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Eldor Suyunov bu vaziyatda ancha ishonchli o'ynadi va to'pni darvoza chizig'i ustidan ushlab oldi.


67`
O'zgarish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqovning o'rniga Damir Koyashevich tushirildi.


66`
Damir Koyashevich maydonga tushishga hozirlik ko'rmoqda.


65`
"Lokomotiv" jamoasi bor etiborini hujumga qaratmoqda. "Nasaf" esa qarshi hujumda raqibini ushlashga urinmoqda.


63` Xavfli vaziyat!
Artur Gevorkyan jarima maydonchasi ichidan yaxshigina imkoniyatga ega bo'lgandi. Biroq darvozaga kirib ketayotgan to'pni Nemanya Yanichich qaytarib qolishga ulgurdi. Yanichich jamoasini yaqqol goldan saqlab qoldi.


62`
Ikrom Aliboev hamda Temurxo'ja Abduxoliqovdan zargarona yurishlar. Lekin "Nasaf" himoyachilari so'nggi pallada ishonchli harakat qilishdi.


61`
O'zgarish. "Nasaf". Bahrom Abduraximov o'rniga SHohruh Gadoev maydonga chiqarildi.


60`
O'zgarish. "Lokomotiv". Ruslan Koryan o'rniga Marat Bikmaev tushdi.


59`
Ro'ziqul Berdiev esa SHohruh Gadoev maydonga tashlamoqchi.


58`
Vadim Abramov yana bir o'zgarishni tayyorlamoqda. Bu safar hujumchi Marat Bikmaev maydonga tushadi.


57`
"Lokomotiv" pozicion hujumda harakat qildi. Ikrom Aliboevning nozik didli pasini jamoadoshi tushunmadi.


55`
"Nasaf"ning hujumi. SHerzod Azamovning qanotdan jarima maydonchasiga oshirib bergan to'piga SHomurodov bosh bilan zarba yo'lladi. Noaniq.


54`
O'zgarish. "Lokomotiv". Oleg Zoteev o'rniga Jasur Hasanov (katta) tushirildi.


53`
Salim Mustafoev va Farruh Sayfiev yana o'zaro to'qnash kelishdi. Bu vaziyatda himoyachi "Nasaf" futbolchisiga nisbatan qoidani buzdi.


52`
Salim Mustafoev o'z qanotida Farruh Sayfievni ishonchli qo'riqladi va xavfni bartaraf etdi.


51`
"Lokomotiv"ning hujumi. Ikrom Aliboevning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'piga Eldor Suyunov egalik qildi.


49`
Temurxo'ja Abduxoliqov to'p uchun Maqsud Karimov bilan kurash olib bordi. Himoyachi bu vaziyatda aniq harakat qildi.


48`
Vadim Abramov ham, Ro'ziqul Berdiev ham birinchi bo'limdan so'ng hech qanday o'zgarishni amalga oshirishgani yo'q. Hali vaqti emas.


47`
Tanaffusdan so'ng mezbonlar ancha faollik bilan o'yinga kirishishdi. Temur Kapadzedan to'pni olib qo'ygan Bahrom Abduraximov qanotdan kirib bordi va jarima maydonchasi tomon to'pni uzatdi. Artur Gevorkyan to'pga boshi bilan zarba berishga biroz kech qoldi.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!



- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


- Birinchi bo'limdan so'ng hisob 1:0, "Nasaf" foydasiga. Yana 15 daqiqadan so'ng turning markaziy o'yiniga qaytamiz.


- Dastlabki taym tugadi! TANAFFUS!



45`
Birinchi bo'limga hakam tomonidan 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


44`
"Lokomotiv" himoyachilari bugun oddiy vaziyatlarda qo'pol xatolarga yo'l qo'yishmoqda.


43` Xavfli vaziyat!!!!!!! Farruh Sayfiev!!!!!!! Mamur Ikromov!!!!
Ibrohim Raximovning jarima maydonchasi ichidagi qo'pol xatosi jamoasiga qimmatga tushishi mumkin edi. Yana o'sha Sayfiev Raximovning xatosidan unumli foydalanishga urinib ko'rdi. Lekin Sayfievning tepgan zarbasini Ikromov qaytarib qoldi.


41`
Roy Rok raqib hujumini maydon markazi oldida to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi.


39`
"Nasaf" qarshi hujumda o'ynadi. Biroq ularning hujumi yakuniga etmay qoldi. Sababi Ilhom SHomurodov o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi.


37`
To'p nazorati to'liq "Loko" qo'lida. Lekin ular raqib jarima maydonchasiga yorib kira olishmayapti.


35`
O'yin surati biroz pasaydi.


33`
Vadim Abramov o'z o'rnidan turdi va shogirdlariga tegishli ko'rsatmalarni berishni boshladi.


31`
"Lokomotiv" o'zining uzoq o'ylangan hujumini rivojlantirmoqchi bo'ldi. Biroq so'nggi lahzada Temurxo'ja Abduxoliqovga yordam beradigan futbolchi topilmadi va hujumchi to'pni yo'qotdi.


29`
Bahrom Abduraximov oyog'ini shikastlab oldi. Unga klub shifokorlari tibbiy yordam ko'rsatishdi.


28`
Endi "Nasaf" futbolchilari ham burchak zarbasini tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Mamur Ikromov to'pga chiqishda bexato o'ynadi.


27`
"Lokomotiv" burchak zarbasini amalga oshirdi. Bu safar ham bu standart vaziyati ularga samara keltirmadi.


26`
Roy Rokning ishonchli harakati evaziga raqib hujumi bartaraf etildi.


25`
O'yin tempi tezda oshib ketdi. "Nasaf"ning hujumi xavfli chiqdi. Endi navbat "Loko"ga.


23`
"Lokomotiv" jamoasi burchak zarbasini amalga oshirdi. Lekin bundan naf chiqmadi. "Nasaf" himoyachilari hozircha ishonchli to'p surishmoqda.


21`
Mehmonlar tarkibidan Ikrom Alibaev o'zining faol harakatlari bilan ajralib turibdi. "Nasaf"dan esa Bahrom Abduraximov hamda Erkin Baydullaevning harakatlari yomon emas.


20`
"Loko" futbolchilari o'yin tizginini o'z qo'liga olishga urinmoqda.


19`
Hozircha darvozalar oldida vaziyatlar yaratishda jamoalar faollik ko'rsatishmayapti. Maydon markazida to'p uchun kurashda keskin kurash kechmoqda.


17`
Mezbonlar to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.


16`
"Nasaf" raqibini maydon markazidayoq kutib olmoqda. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari "Lokomotiv" futbolchilariga qarshi qattiq "pressing" qo'llashmoqda.


14`
"Lokomotiv"ning navbatdagi hujumini Eldor Suyunov o'zining faol harakatlari bilan uzib qo'yishga erishdi.


12`
O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mehmonlar hujum qilish kerakligi yodga olishdi va raqib darvozasi tomon yurish qilishdi. Biroq Temurxo'ja Abduxoliqov to'p uzatishdagi xatosi hujumni uzib qo'ydi.


10` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!!!!!!!!!!!
Farruh Sayfiev!!!!! "Lokomotiv" himoyasidagi qo'pol xato gol bilan tugadi. Yanichich va Mamur Ikromovning o'zaro tushunmovchiligi natijasida Farruh Sayfiev osonlik bilan uchrashuvdagi hisobni ochdi. Ilhom SHomurodovning sekingina uzatib bergan to'piga chiqishda "Loko" posboni xatoga yo'l qo'ydi. Himoyachi Yanichich ham darvozabonga ishonib to'pga tegmadi. Bu vaziyatdan esa Farruh Sayfiev ustalik bilan foydalandi.


8`
"Nasaf" hujumkorlikni oshirmoqda. "Lokomotiv" himoyachilariga etarlicha ish topib berishmoqda qarshilik futbolchilar. Farruh Sayfiev hozir sal faolroq harakat qilganida yaxshigina vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Biroq futbolchi o'z qanotidan to'pni jarima maydonchasiga etkazib berishda juda sust harakat qildi.


7` Xavfli vaziyat! Maqsud Karimov!!!!!! Burchak to'pidan oshirib berilgan to'p Maqsud Karimovning oyoqlari oldiga kelib tushdi. Biroq himoyachi tomonidan berilgan zarbani Mamur Ikromov bartaraf etishga ulgurdi. Qoyil, Mamur!



6`
"Nasaf" o'yindagi tashabbusni o'z qo'liga olmoqda.


5`
"Nasaf" ham oldinga o'tishga intilmoqda. O'ng qanotdan tashkillashtirilgan hujumni raqib himoyachilari qo'pollik ishlatgan holda to'xtatib qolishdi. Artur Gevorkyan tomonidan ijro etilgan jarima zarbasi besamar ketdi.


4`
Erkin Baydullaevga tibbiy yordam ko'rsatildi.


3`
"Nasaf" himoyasida biroz tushunmovchilik yuzaga kelmoqda. Oleg Zoteevning faolligi evaziga tashkil etilgan hujumni Eldor Suyunov bartaraf etib qoldi. Aks holda Koryan hisobni ochishi mumkin edi.


2`
"Lokomotiv" futbolchilari dastlabki daqiqalardanoq hujumkorlik bilan o'ynashmoqda.


- O'yin boshlandi! Demak kettik...



- Uchrashuvni "Lokomotiv" futbolchilari boshlab berishadi.


- "Lokomotiv" oq rangli libosda, "Nasaf" ko'k formada o'ynaydi.


- Jamoalar PFL madhiyalari sadosi ostida maydonga chiqib kelishmoqda...


- Har ikkala jamoa azolari maydonga chiqib kelishga taraddud ko'rishmoqda.


- Stadionga 8 mingdan ziyod muxlislar tashrif buyurgan.


- Jamoalar o'yinoldi chigal-yozdi mashqlarini davom ettirishmoqda.


- Qarshi "Markaziy" o'yingohi bugun kutilganidek muxlislar bilan to'lib toshmagan. Ishqibozlar tashrifi u qadar faol emas.


- Tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda mezbon jamoa "Nasaf" bugun ko'proq himoyaviy taktikaga asoslangan futbol ko'rsatishni rejalashtirganini payqab olish mumkin. "Lokomotiv" esa asosiy urg'uni hujumga qaratgan. Ro'ziqul Berdiev o'ylagan rejasi ish beradimi, yoki Vadim Abramov o'tgan yilgidek Qarshidan g'alaba bilan qaytadimi? Bu savollarga yana sanoqli daqiqalardan so'ng boshlanadigan bellashuvdan keyin javob olamiz.

- Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari bilan pastroqda tinishib olishingiz mumkin.

- Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari birozdan so'ng elon qilinadi.



Yuzlik dovonini zabt etgan Artur Gevorkyanga bugun uchrashuvdan oldin klub tomonidan ramziy futbolka hamda "SA"da tayyorlangan maxsus rolik taqdim etiladi


So'nggi o'yinlarda sport formasini tiklab borayotganini ko'z-ko'z qilayotgan SHohruh Gadoev bugun "temiryo'lchilar"ga kattagina bosh og'riq bo'lishi mumkin


CHempionatimiz peshqadamlarini oldinda muhim o'yinlar kutib turganini futbolchilarning yuzlaridan ham his etish mumkin


"Nasaf" himoyachisi Hamza Karimov, Kenja To'raev hamda SHuhrat Muhammadiev


Azamat Allaniyozov jarohatidan so'ng tiklanish jarayonini o'tash bilan ovora...


"Nasaf" jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov har doimgidek alo kayfiyatda


Botir Qoraev uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshlaydigan bo'ldi

- Jamoalar o'yinga bir yarim soat vaqt qolganida stadionga etib kelishdi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Oliy liga 7-tur markaziy uchrashuvi Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda "Nasaf" - "Lokomotiv" o'rtasida kechadi. Ushbu qiziqarli va shiddatli o'tishi kutilayotgan bahsdan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini uyushtiramiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика