So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

"Nasaf" prezidenti va bosh murabbiyi jamoa muxlislari bilan uchrashdi Yangiliklar

"Nasaf" prezidenti va bosh murabbiyi jamoa muxlislari bilan uchrashdi

Kuni kecha "Markaziy" stadioni anjumanlar zalida klub rahbariyati tashabbusi "Nasaf" jamoasi muxlislari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tadbirda klub prezidenti, "SHo'rtangazkimyo" majumasi rahbari SHuhrat Aslanov, klub bosh direktori Alisher Yusupov, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev so'zga chiqib, jamoa fan klubi "Nasaf" bilan doimo birga ekanligidan mamnun ekanliklari, jamoaning ulkan maqsadlari yo'lida ishqibozlarning maydondagi o'rni doimgidan ham muhimroqligi va Superliganing qolgan 9 ta o'yinning har biri finalga teng ekanligini  qayd etib, muxlislarni sevimli jamoasini yanada yakdil bo'lib qo'llab quvvatlashlari zarurligini takidlab o'tishdi.


Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda muxlislar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga klub rahbari va bosh murabbiyi tomonidan batafsil javob olishdi. Jamoa rivoji uchun o'z takliflarini bildirishdi. Tadbir yakunida so'rovnomalarda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga, faxriy muxlislarga futbolchilar dastxati tushirilgan futbol to'plari, esdalik sovg'alari topshirildi.

Bosh jamoamizning oldinda turgan muhim o'yinlariga   yanada kuchliroq, hamjihatroq, bir oila bo'lib harakatlanishi, hakamlar va raqiblarni hurmat qilgan holda muxlislik qilish kelishib olindi. "Nasaf"ning chempionlik yo'lidagi dadil qadamlariga omad tilandi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика