So’nggi yangiliklar

11:20Марказий Осиё. Қозоғистонда энг қиммат футболчи ўзгарди, Тожикистонда "Истиқлол" 4-ўринга тушди, "Аркадағ" эса кубок ярим финалига чиқди  0 11:05“Ал Насср“ футболчиси АПЛ грандига ўтиши мумкин  0 10:37Жаҳоннинг энг яхши ҳужумчилар рейтинги тузилди (топ-10)  1 10:10“Барселона“ йирик трансферни амалга оширишга яқин  4 09:43“Ювентус“ “Адидас“ билан янги шартнома имзолади. Келишув суммаси маълум  0 09:18Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита чорак финалчилар аниқланади  3 08:47Саудия Арабистоннинг бир йўлла учта жамоаси АПЛ юлдузига таклиф билан чиқишди  2 08:40КЖЧ. 39 ёшли Серхио Рамос "Интер" дарвозасига гол урди  0 08:20МЮ “Барселона“га супер таклиф билан чиқди  8 07:52Шомуродовга қизиққан МЛС жамоаси маълум  20 07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги ЖЧда юришини бошлайди  13 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  19 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1

"Nasaf" o'z maydonida 60ta o'yindan so'ng yana yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

"Nasaf" o'z maydonida 60ta o'yindan so'ng yana yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Teglar :  Nasaf
Qarshining "Nasaf" klubi bugun o'z maydonida "Bunyodkor" bilan kuch sinashdi.

Mazkur bellashuvda toshkentliklar 4:1 hisobida zafar quchishdi. Aytish mumkinki, bu "Nasaf" uchun umuman kutilmagan mag'lubiyat bo'ldi. Statistikaga murojaat qiladigan bo'lsak, "Nasaf" so'nggi bor 2014 yilning 15-turida o'z maydonida yirik hisobda mag'lub bo'lgan ekan. O'shanda Toshkentning boshqa bir klubi "Lokomotiv" Qarshida mezbonlar ustidan 5:2 hisobida zafar quchgandi.

SHundan so'ng "Nasaf" o'z maydonida beshta o'yin o'tkazib, to'rt bor g'alaba qozongan va bir marta durang qayd etgan. Jamoa 2015 yil o'z maydonida 15ta o'yin o'tkazib, ikkita o'yinda yutqazib qo'ygan: "Paxtakor" (0:1) va "Metallurg" (0:1). 2016 yil esa "ajdarlar" o'z uylarida bitta uchrashuvda mag'lub bo'lishgan: "Lokomotiv" (1:2). O'tgan yil ham jamoa faqat bitta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi: "Bunyodkor" (0:1). Demak, 2:5 hisobidan keyin "Nasaf" oliy ligada 50ta o'yin o'tkazishga ulgurgandi.  

Bu mavsum hisobidan bugungi o'yin "Nasaf"ning o'z maydonidagi 11-bahsi bo'ldi. Bungacha o'tkazilgan 10ta bellashuvning uchtasida "Nasaf" yutqazib qo'ydi: "So'g'diyona" (1:2), "Paxtakor" (2:3) va AGMK (0:2). Bugungi o'yindan keyin uydagi mag'lubiyatlar soni to'rttaga etdi va shunday qilib Qarshidagi 60ta uchrashuvdan so'ng "Nasaf" yana yirik hisobda mag'lub bo'ldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика