So’nggi yangiliklar

20:47Моуринью яна "бойкот" эълон қилди: "Special One" Мадриддаги матбуот анжуманига кирмайди  2 20:32ФИФАдан янгилик: Энди жароҳат олган футболчилар майдон ташқарисида 1 дақиқа қолишга мажбур бўлади!  3 20:02Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Ривожланиш Кубогида бронза медалига эга чиқди  2 19:49"Бунёдкор" "Шўртан" билан дуранг ўйнади  1 19:34Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди  14 19:12"Ювентус" мартда Влахович билан учрашув ўтказади  1 18:43Мбаппе ПСЖга қарши судда ғалаба қозонди  5 18:16Моуринью "Реал"га қайтиши мумкинми?  3 17:48Суперлига. 1-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  5 17:26Гвардиола "Арсенал" билан чемпионлик пойгаси ҳақида нималар деди?  1 16:58Футболда инқилоб: "Ал Ҳилол" ЕЧЛда ўйнаш истагини билдирди  11 16:31АПЛ клублари Манега даъвогарлик қилмоқда  1 16:05Ирисметов Про лига жамоаси техник директори бўлди  9 15:48Ўзбекистон мезбонлик қиладиган FIFA Series учрашувларининг вақти маълум  11 15:35"Бавария" ҳимоячиси яна жароҳат олди  2

"Nasaf" OCHL licenziyasini oladimi? Klub OFKdan xat kutmoqda... Yangiliklar

"Nasaf" OCHL licenziyasini oladimi? Klub OFKdan xat kutmoqda...

Teglar :  NasafOCHL-2021
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi bu yilgi mavsum Superligada ikkinchi o'rinni egalladi.

Biroq klub 2021 yilgi Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmasligi mumkin. Sababi "Nasaf" belgilangan vaqtda OFKga licenziyadan o'tish uchun kerakli hujjatlarni yubormagan.

Muddat avgust oyi so'nggida tugab bo'lgan. Biroq PFL va O'FA "Nasaf"ga licenziya uchun hujjatlarni yuborish uchun so'nggi imkoniyat berishni hamda pandemiyani sabab qilib ko'rsatgan holda OFKga xat yo'llagan.

Kecha "Nasaf" rahbari Sergey Kucherenko va licenziyalash bo'yicha mutaxassis PFL vakillari bilan mazkur masala yuzasidan uchrashishgan. "Nasaf"dagilar barcha ayb o'zlarida ekanini tan olishgan va so'nggi imkoniyat berilsa hujjatlarni to'g'rilab yuborishga vada berishgan. Nega vaqtida hujjatlar yuborilmagani haqida savolga klub oldiga mavsum boshida yuqori o'rinlarni egallash vazifasi qo'yilmagandi deb javob berishdi. Bu albatta professional klubga umuman yarashmaydigan holat.

Endi "Nasaf" OFKdan javob xati kutmoqda. Biroq OFKga yaqin manbalarning saytimizga tashkilot muddat o'tib ketganidan keyin licenziyalashga ruxsat berishi dargumon ekanini malum qilishdi. 

Eslatib o'tamiz, agar O'zbekiston kubogini "Paxtakor" emas boshqa klub qo'lga kiritsa, "Nasaf" har qanday holatda OCHLda qatnashmaydi.

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика