So’nggi yangiliklar

15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  0 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  1 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  1 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  1 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  6 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  2 11:22"Барселона" Бастонининг трансфери бўйича қарор қабул қилди  5 10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  12 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  5 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  6 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  4

"Nasaf" - "Neftchi" uchrashuviga oid faktlar Yangiliklar

"Nasaf" - "Neftchi" uchrashuviga oid faktlar

"Nasaf" jamoasi oliy liganing 25-turida "Neftchi" klubini taslim etdi.



- Farg'onaning "Neftchi" jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoamiz turnir jadvalidagi uchinchi o'rnini mustahkamlab oldi va eng yaqin taqibchilari "Neftchi" va "Bunyodkor"dan 9 ochkoga ilgarilab ketdi.

- Ushbu g'alaba "Nasaf"ning oliy liga doirasidagi "Neftchi" ustidan qozongan 15 yutug'i bo'ldi va bu borada farg'onaliklarga etib olindi.

- "Nasaf" shu paytga qadar faqat 2010 va 2013 yilgi mavsumlarda "Neftchi"dan har ikkala o'yinda ustun kelgan. 2010 yilgi mavsumda dastlabki g'alabaga jamoamiz Viktor Kumikov qo'l ostida erishgan bo'lsa, ikkinchi davradagi g'alabani Anatoliy Demyanenko boshchiligida qo'lga kiritilgandi. Ro'ziqul Berdiev esa o'tgan mavsumda har ikkala o'yinda yutuqqa erishgan dastlabki murabbiyga aylangandi. Bu yilgi mavsumda ham o'sha natija takrorlandi va bu borada Ro'ziqul Berdiev shaxsiy rekordini yangiladi.

- Jamoamiz Ro'ziqul Berdiev boshchiligida "Neftchi" jamoasiga umuman mag'lub bo'lmagan. SHu paytga qadar o'tkazilgan oltita uchrashuvning beshtasida "ajdarlar" g'alaba nashidasini surishgan bo'lsa, bitta o'yinda durang qayd etilgan.

- "Nasaf" - "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi milliy chempionat doirasidagi bahslardagi to'plar nisbati vakillarimiz foydasiga - 48:46.

- Eldor Suyunov ushbu mavsumda "Neftchi" jamoasidan har ikkala o'yinda ham gol o'tkazmadi.

- Ushbu mavsumda "Neftchi"ni har ikkala o'yinda ham mag'lubiyatga uchratgan yagona jamoa hozircha "Nasaf" bo'lib turibdi.

- Ilhom SHomurodovning "Neftchi" darvozasiga kiritgan to'pi hujumchimizning bu yilgi mavsumda oliy ligadagi 10-goli bo'ldi va bu borada Ilhom jamoamizning eng yaxshi to'purari Artur Gevorkyanga etib oldi.

- Oliy liganing 25-turidan so'ng eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa "Nasaf" bo'lib turibdi. Jamoamiz shu vaqtga qadar o'z darvozasidan 16 marotaba gol o'tkazib yuborgan. Bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi yaxshi natija "Lokomotiv"ga tegishli. Ular hozirgacha 24 o'yinda ishtirok etishgan va jami 17ta golni qabul qilib olishgan.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика