"Nasaf" muxlislariga xushxabar
26 apr 2014 18:36
Yangiliklar
"Nasaf" muxlislariga xushxabar
Muxlislarni xabari bor ertaga “Nasaf” jamoasi o'z maydonida –“Markaziy" stadionda Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi.
Bugun saytimiz xodimlari “Markaziy”da jamoaning o'yin oldi mashg'ulotini kuzatishga muvaffaq bo'ldi.
Biz mashg'ulotlarni kuzata turib maydonda yosh bo'lsada allaqachon muxlislarning qalbidan chuqur joy egallagan o'yinchi SHoxruh Gadoevni to'p bilan mustaqil mashg'ulotlar o'tkazayotganini guvohi bo'ldik. Bu holatni ko'rib to'g'riisi xursandchilgimizni darhol Siz futbol ishqibozlari bilan baham ko'rishga shoshildik.
Ha, demak SHoxruh Gadoev uzoq davolanishdan so'ng dastlabki yakka mashg'ulotlarni boshladi. Uning maydonda yana javlon urishiga oz muddat qoldi. Biz SHoxruhni tezroq tiklanib olib, chiroyli o'yinlarini ko'rishni orziqib kutib qolamiz.
SHuningdek jarohatlari tufayli mavsum boshidan bo'yon maydonda ko'rinmay qolgan hujumchi Igor Taranni ham mashg'ulotlar o'tkazayotganini kuzatdik. Ushbu hujumchining ham keyingi turlarda maydonda ko'rsak ajab emas.
So'zimiz so'ngida barcha muxlislar nomidan “Nasaf” jamoasiga ertaga bo'ladigan o'yinda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Fikrlar