So’nggi yangiliklar

07:25Ҳусанов тарихга кириши мумкин! Бугун “Манчестер Сити“ клублар ўртасидаги юришини бошлайди  5 06:50КЖЧ. "Урава Ред" сардори "Ривер Плейт" футболчиларига нисбатан ҳурматсизлик қилди  0 02:39Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга ютқазди  12 00:34Месси Баджодан Италиянинг 1994-йилги ЖЧ либосини совға сифатида олди  7 23:59Мбаппе иситма туфайли "Реал" машғулотида қатнашмаяпти. Эртага "Ал-Ҳилол" билан ўйин  1 23:39Доннарумма FourFourTwo талқинига кўра дунёнинг энг яхши дарвозабони  3 23:04КЖЧ. Танташев бошқарган ўйинда "Боруссия Д" ва "Флуминенсе" дуранг қайд этишди  1 22:48Хвича Кварацхелия: "Менга Роналдунинг ўйини ёқади, лекин Месси бошқа сайёрадан"  10 22:23Тебас "Барселона" янги футболчиларни рўйхатдан ўтказишга ҳали тайёр эмаслигини маълум қилди  5 21:48"Андижон" клубининг янги базаси ишга туширилди  9 21:25Тебас Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ҳақида: "Бу турнирдан қутулиш керак, яна бир турнир учун жой йўқ"  20 20:52Даҳшатли автофалокатга учраган Антонио етти ой деганда майдонга қайтди  0 20:21Индзаги Б Серия клубига бош мураббий бўлди  8 20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  14

"Nasaf": Musaev, Golban, Pavlenko, Kriushev keldi, Xeran va Krasich endi keladi Yangiliklar

"Nasaf": Musaev, Golban, Pavlenko, Kriushev keldi, Xeran va Krasich endi keladi

Teglar :  Nasaf
“Nasaf” jamoasi futbolchilari qisqa tatildan so'ng o'z qarorgohida yig'ilishib, kechadan mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi.

Albatta, klubimiz muxlislarini jamoa safiga yangi qo'shilgan futbolchilar qiziqtirishi turgan gap. O'zingizga malum, yaqinda klubimiz bilan shartnoma tuzgan tajribali yarim himoyachi Fozil Musaev bugundan safimizda mashg'ulotlarga kirishdi.

O'tgan yilgi mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasida faoliyat yuritgan rossiyalik markaziy himoyachi Igor Golban ham bugun jamoamiz bilan mashg'ulotlarda ishtirok etdi.

Birinchi davrada “Olmaliq” jamoasi sharafini himoya qilgan yarim himoyachi Nikita Pavlenko va darvozabon Maksim Kriushevlar ham jamoamiz bilan shug'ullanishmoqda.

“Nasaf” jamoasi ikkinchi davra boshidan o'z tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida, ko'pdan buyon murabbiylarimiz kuzatuvida bo'lgan yana ikki nafar evropalik legioner futbolchilar jamoamizga taklif etilgan. Bular, markaziy hujumchi Dragan Xeran va o'ng qanot yarim himoyasida harakat qiluvchi - Ognen Krasichlardir. Ikkalasi ham Serbiya Respublikasidan. Ushbu futbolchilar shu kunlarda Qarshiga etib kelishadi va jamoamiz safiga qo'shilishadi. Ular haqida keyinroq to'liq malumot beramiz.

O'tgan yilgi mavsumda jamoamiz safida harakat qilgan yosh iqtidorli himoyachimiz Odil Hamrobekov ham yakka holda mashg'ulotlarni boshlab yuborgan. Uning ham ikkinchi davrada jamoamizga yordam berishi kutilmoqda.

Birinchi davraning so'nggi uchrashuvlarida jarohatlari bois jamoamizga yordam bera olmay qolgan futbolchilardan SHuhrat Muhammadiev, SHerzod Azamov, Saydullo Rahmatovlar ham  jamoamiz bilan birga mashg'ulotlar o'tkazishmoqda.

O'zingizga malumki, Eldorbek Suyunov ayni paytda milliy terma jamoamiz bilan birga bo'lib turibdi. SHuningdek Bobur Abduholiqov, SHarof Muhitdinov, Aziz G'aniev va Umid Ergashevlar, B.Abduraimov boshchiligidagi U-19 terma jamoa safida  tayyorgarlik yig'inida ishtirok etishmoqda.

Klubimizda selekciya ishlari davom etmoqda, shuning uchun yana yangi futbolchilar safimizga qo'shilishi mumkin.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика