“Nasaf” ketma-ket ikkita uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi
29 avg 2017 12:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/274718_original.jpg)
![](/upload/storage/274718_220.jpg)
“Nasaf” ketma-ket ikkita uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi
O'zingizga malum, FIFA kunlari va milliy terma jamoamiz o'yinlari tufayli Oliy ligamizda tanaffus vujudga keldi.
Milliy terma jamoamiz safiga uch nafar futbolchilarimiz jalb etilgani bois, 19-tur doirasidagi “So'g'diyona” bilan bo'ladigan uchrashuv boshqa kunga qoldirilgan edi.
Oliy ligamizning navbatdagi 20-tur uchrashuvlari 7-9 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
“Nasaf” 20 va 21-tur uchrashuvlarini o'z maydonida – “Markaziy” stadionda o'tkazadi. Klubimiz ishqibozlari ikkita qiziqarli uchrashuvga guvoh bo'lishlari kutilmoqda.
Demak, 8 sentyabr juma kuni “Nasaf” – “Olmaliq” jamoalari o'rtasida bahs bo'lib o'tadi. 16 sentyabr shanba kuni esa jamoamiz chempionat peshqadami – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar