So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  2 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

"Nasaf" istalgan jamoani kuragini erga tekkizishga qodir. O'yin taraflama O'zbekistonda "Paxtakor" bilan bir xil saviyadagi yagona jamoa" - Davron Fayziev Yangiliklar

"Nasaf" istalgan jamoani kuragini erga tekkizishga qodir. O'yin taraflama O'zbekistonda "Paxtakor" bilan bir xil saviyadagi yagona jamoa" - Davron Fayziev

Superliganing 1-turi doirasidagi "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Davron Fyiziev ishtirok etdi va o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bahor fasliga qo'shilib futbol mavsumi ham kirib keldi. Fursatdan foydalanib bahor ayyomi, 8-mart xotin-qizlar kuni va kelayotgan Navro'z bayrami bilan tabriklayman. O'yin to'g'risida gapiradigan bo'lsam, uchrashuvdan oldin barcha qizg'in derbi bo'lishini kutayotgani internet nashrlarida ko'p elon qilindi. 

Tan olish kerak, "Nasaf" jamoasi o'yin jihatidan, to'p nazorati va vaziyatlar yaratish borasida "Paxtakor" bilan tengma-teng bo'lib turibdi. O'yindan oldin menda hayajon kuchli bo'lgandi. Nimaga? CHunki jamoamiz Superligaga chiqqani oxirida malum bo'ldi. Biz esa rejalarni tezkorlik bilan o'zgartirdik. Mazkur bahsga imkon qadar tezroq va yaxshi tayyorgarlik ko'rishga intildik. Maqsad muxlislarni xursand etish edi. Bugungi bahs jangovor, yakka kurashlarga boy bo'ldi. "Nasaf" birinchi bo'limda, biz esa ikkinchi taymda yaratilgan vaziyatdan foydalandik. "Dinamo" uchun har bir ochko suv va havodek zarur. SHu boisdan ham bugungi bir ochkoning qadri baland. Kamchiliklarimiz mavjud va bu bugun yaqqol ko'zga tashlandi. Ikkinchi turga qadar oldimizda tanaffus bor. Aynan shu tanaffusdan unumli foydalanib, mazkur xato va kamchiliklarni bartaraf etishga urinamiz. Jamoaviy o'yin, o'zaro o'yin ko'nikmasi va futbolchilarda o'zaro tushuncha paydo bo'lishi uchun ozgina vaqt kerak. Muxlislar bugun bizning haqiqiy 12-futbolchimizga aylanishdi. Ularning qo'llab-quvvatlovi bizga qo'shimcha kuch berdi. Biz xoh uyda, xoh safarda Samarqand shani uchun kurashamiz", - dedi Davron Fayziev.

"Zaxira darvozaboni tushishi nega kechikdi? Darvozabon jarohati umuman kutilmagan paytda ruy berdi va Botirali Ergashev o'sha paytda namoz o'qigani ichkariga kirib ketgandi. SHu boisdan ham zaxira almashtirilishi biroz cho'zildi. Buning uchun uzr so'rayman", - deya vaziyatga oydinlik kiritdi Davron Fayziev.


"Qaysi chiziqdan ko'nglim to'q? Murabbiy qachonki har doim yutib tursagina barchasidan qoniqish xosil qilishi mumkin. Bizda selekciya ishlari oxirgi daqiqa kelib tezlashtirib yuborildi. Sababini barcha biladi. Masalan Fomin yaqinda jamoaga qo'shildi, Siroj Hamroev endi keldi. Botirali Ergashev umumiy guruhda kechagina birinchi mashg'ulotini o'tkazdi. Faqatgina "Paxtakor" darvozaboni Ergashev ijara asosida keldi. Qolgan barcha yangi futbolchilar bilan 2 yillik shartnoma imzoladik. Aslida futbolchini ijaraga olishga o'zim qarshiman. Ko'proq mahalliy futbolchilarga etibor qaratishni lozim topaman. Bugungi bahsda asosiy tarkibda 4 nafar mahalliy futbolchi o'ynadi.  Masalan bugungi raqib "Nasaf"ning tarkibining deyarli barchasi akademiya tarbiyalanuvchilari. Yani o'zining nihollari. Menimcha, "Nasaf"ni tark etgan futbolchilarning o'rni bugun bilinmadi. O'sha Hamrobekov yoki boshqalar. Men "Nasaf"ni etakchilar tark etdi va jamoa kuchsizlandi, degan fikrga umuman qo'shilmayman. "Nasaf" hali ham ko'p jamoalarning kuragini erga tekkizishga qodir. Jamoa o'zaro bir-birini juda yaxshi tushunib o'ynaydi. Bunaqasi boshqa yo'q. Jamoa oldiga bu yilgi mavsumda 10-o'rinni olish vazifasi qo'yilgan. Buni ochig'ini aytish kerak. Lekin generallikni orzu qilmagan soldat, soldat emas. Men esa murabbiy sifatida oltilikka qarab maqsad qilaman. Transfer oynasi yopilib qoldi. Dedlayn kuni kecha tugadi. Biz legionerlarni ro'yxatdan o'tkazishga ulgurmadik. SHu boisdan ham ko'proq mahalliy futbolchilarga ishonch bildiraman", - dedi Davron Fayziev.


"Jasur Azimov? Futbolchi "Navbahor"ga ketgandi. Biz esa Qosimov bilan yangi mavsumga taraddud ko'rgandik. Jasur yaqinda jamoaga qaytdi va birdan biz yo'lga qo'ygan o'yinga moslashib ketishi uchun baribir vaqt kerak bo'ladi. SHuningdek, bu yildan reglamentda kamida bitta OTJ yoshidagi futbolchi o'ynatish shart etib belgilangan. SHu boisdan ham uni zaxiradan maydonga tushirdik. Baratovga keladigan bo'lsak, jamoada hozir 5ta hujumchi bor. Biz barcha qatori unga ham imkoniyat beramiz", - deydi Davron Fayziev.


Eslatib o'tamiz, mazkur bahsda "Dinamo" o'z uyida Qarshining "Nasaf" jamoasi bilan murosa ko'chasini tanladi.

Dinamo

Amirzhon Safarov - 51'

Superliga. 1-tur

09/03/2019, 16:00

1
:
1
Tugadi

Nasaf

Dilshod Saitov - 12'

45'
90'
51'  Amirzhon Safarov
51'  Sardor Eminov
62'  Shohruh Eshbo’taev (Botirali Ergashev)
66'  Damir Temirov (Jasur Azimov)
77'  Amirzhon Safarov (Vohid Shodiyev)
82'  Hakimzhon Alamxonov
12'  Dilshod Saitov
12'  Xurshidbek Muxtorov
71'  Oybek Bozorov (Bobir Abdixoliqov)
79'  Akmal Mozgovoy (Islom Kenzhaboev)
90'  Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullayev)

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика