So’nggi yangiliklar

23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  5 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  11 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  6 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  6 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9

"Nasaf" ikkinchi o'rinni olsa ham OCHLda o'ynay olmaydi. Bunga kim aybdor? Yangiliklar

"Nasaf" ikkinchi o'rinni olsa ham OCHLda o'ynay olmaydi. Bunga kim aybdor?

2020 yilgi Coca Cola Superligasi yakuniga 5ta tur qoldi.

Kecha AGMK Qo'qonda mag'lub bo'lganidan keyin Qarshining "Nasaf" klubi Bekobodda g'alaba qozonib musobaqa jadvalida ikkinchi o'ringa chiqib oldi.

Ko'pchilikda "Nasaf" Osiyo chempionlar ligasida ishtirok eta oladimi degan savol tug'ilmoqda. Javob: yo'q.

Nimaga deyishingiz mumkin. Sababi "Nasaf" 2021 yil OFK musobaqalarida ishtirok etish uchun licenziyani ololmadi.

Nega ololmadi? CHunki belgilangan muddatda (iyul oyi oxirigacha) klub kerakli hujjatlarni taqdim etmagan.

Bir yo'lini qilsa bo'ladimi? Javob: yo'q, endi kech.

Bunga kim aybor? "Nasaf" klubining o'zi va licenziyalashga javobgar xodim.

Xo'sh, "Nasaf"da qanday kamchiliklar bor? Birinchisi, klub texnik direktorida "A" licenziyasi yo'q. Bundan tashqari OFK talabiga ko'ra licenziya olish uchun klubning xodimlaridan qarzorligi bo'lmasligi shart. "Nasaf"da bu borada ham muammo kuzatilgan.

Nima uchun "Nasaf" oldingi yillarda licenziyani olgan va OCHLda qatnashgan?
Sababi u vaqtda klub texnik direktorida (Vitaliy Ni) "A" licenziyasi bo'lgan. Klubning moliyaviy holati ham yaxshi bo'lgan va qarzorlik bo'lmagan.



Xo'sh, unda OCHLda qaysi jamoa qatnashadi?
O'zbekistonga OFK 2021 yilgi mavsum uchun 1+1+1 ko'rinishida kvota bergan. CHempion to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida o'ynaydi. Mamlakat kubogi sohibi OCHL pley-offida o'ynaydi. Agar chempion ham, kubok sohibi ham bitta jamoa bo'lsa u holda chempionatda ikkinchi o'rinni olgan klub pley-offda o'ynaydi. Agar "Nasaf" ikkinchi o'rinni saqlab qolsa undan keyingi jamoa (agar unda OFK licenziyasi bo'lsa) pley-offda o'ynaydi.

2021 yilgi OFK licenziyasini olgan o'zbek klublari quyidagilar: "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Navbahor", "Metallurg", AGMK va "So'g'diyona".

Yana bir savol tug'iladi: Bitta tashkilotga tegishli bo'lgan klublar OCHLda qanday qilib o'ynay olishadi? PFL bu borada OFKga maxsus xat yo'llagan va OFK bu loyihani batafsil o'rganib chiqmoqda. Biroq bu licenziyalash jarayoni va klublarga licenziya berish uchun hozircha to'siq bo'lolmaydi. OFK bu borada yakuniy qarorni yaqin vaqt ichida O'FA va PFLga yuboradi.

Pley-offda o'ynash uchun eng yaxshi imkoniyat ayni paytda AGMK klubida. Sababi "Bunyodkor" Olmaliq klubidan 10 ochkoga qolib ketgan.

Superligada AGMKga etib olish qiyin lekin, O'zbekiston kubogini yutish orqali AGMKni bemalol ortda qoldirish mumkin. SHunday ekan dekabr oyidagi mamlakat kubogi "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Navbahor", "Metallurg" va "So'g'diyona" klublari uchun OCHL pley-offiga chiqish uchun juda ham qulay imkoniyat bo'ladi. AGMK ham kubokni yutishga urinadi, yoki "Paxtakor" kubokni ham, chempionlikni ham qo'lga kiritishini kutadi.

Bizni "qaynoq" dekabr kutmoqda. Issiqroq kiyinib oling.



Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: -85   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика