“Nasaf” futbol klubi tadbirkorlar va tashkilotlarni hamkorlikka chorlaydi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2022, 15:51
“Nasaf” jamoasi O'zbekistondagi eng nomdor jamoalardan biri hisoblanadi.

Siz o'z mahsulotingiz va xizmatlaringizni “Nasaf” bilan birgalikda butun O'zbekiston bo'ylab reklama qilish huquqiga ega bo'lasiz.

O'zingizga ma'lum so'ngi yillarda O'zbekiston Superligasi va O'zbekiston Kubogi bahslari televidenieda hamda internet platformalarida jonli namoyish etilmoqda. Bu esa futbol uchrashuvlarini qanchadan-qancha muxlislar tomosha qilishini anglatadi. Siz bundan unumli foydalangan holda o'z reklamangizni “Nasaf” futbol klub bilan birgalikda targ'ib etish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizning e'lonlaringiz joylashgan bannerlar jamoamizning rasmiy o'yinlari o'tkaziladigan “Markaziy” o'yingohdan o'rin oladi.

“Nasaf” futbol klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishni istagan talabgorlar quyidagi manzillarga murojaat qilishlari mumkin:

e-mail: fcnasaf1986@mail.ru

Tel: +998 75 221 16 12
Fax: +998 75 221 26 70


Quyidagi PDF ma'lumotnoma orqali “Nasaf” jamoasi rasmiy bellashuvlarni o'tkazadigan “Markaziy” o'yingohda qo'yish mumkin bo'lgan reklama narxlari bilan tanishishingiz mumkin: NARXLARNI KO'RISH

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz