"Nasaf" Dubayga jo'nab ketdi
14 apr 2018 13:20
Yangiliklar


"Nasaf" Dubayga jo'nab ketdi
Yaqinlashib kelayotgan haftada Osiyo CHempionlar ligasida 6-tur uchrashuvlari o'tkaziladi.
Qarshining "Nasaf" jamoasi guruh bellashuvlarining so'nggi turida "Al Vasl" (BAA) mehmoni bo'ladi.
"Nasaf" bugun Toshkentdan Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahriga jo'nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Ajdarlar” bugunning o'zida Toshkentdan Dubayga borishadi. Jamoa Dubay shahridagi “Movenpisk Hotel Bur Dubay” mehmonxonasida istiqomat qiladi.
O'zingizga malum, “Nasaf” 16 aprel kuni, OCHL-2018 “S” guruhi 6-tur doirasidagi uchrashuvni “Al Vasl” jamoasiga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuv Dubay shahridagi “Al Vasl” stadionida bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Dubayga jamoa 18 nafar futbolchi bilan bormoqda.
P.S. Klub matbuot xizmati Dubayga yo'l olgan futbolchilar ro'yxatini elon qilmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar