"Nasaf" "Bunyodkor"ning taklifiga rad javobini berdi
04 dek 2014 14:23
Yangiliklar
"Nasaf" "Bunyodkor"ning taklifiga rad javobini berdi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi Qarshining "Nasaf" jamoasi etakchilari SHohruh Gadoev va SHuhrat Muhammadiev borasida "ajdarlar"ga taklif bilan chiqdi.
"Bunyodkor" klubi "Nasaf"ning ikki nafar azosi SHohruh Gadoev va "SA" talqini bo'yicha yilning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan SHuhrat Muhammadievni o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgandi. Ular bu borada "ajdarlar"ga rasmiy taklif bilan chiqishgan.
Biz ushbu holat bo'yicha "Nasaf" sport direktori Vitaliy Niga murojaat qildik:
"SHohruh Gadoev va SHuhrat Muhammadievlarning "Nasaf" bilan amalda shartnomalari mavjud va biz ularni "Bunyodkor"ga qo'yib yubormaymiz. "Nasaf"ning o'ziga ham bu ikkala futbolchilar zarur. Keyingi yili jamoamiz OCHLda yurtimiz sharafini himoya qiladi. SHu bois, biz ularga rad javobini berdik", - deydi "Nasaf" sport direktori Vitaliy Ni.
Fikrlar