So’nggi yangiliklar

23:28Араухо "Барселона" машғулотларига қайтди. Ҳимоячи психологик муаммолар сабаб танаффус олганди  0 22:54БАА. Отабек Шукуров голли пас берди, Мозговой захирадан ўйинга қўшилди, уларнинг жамоаси ғалабага эришди  0 22:31"Нефтчи" Championat.asia да чиққан хабарга муносабат билдирди   5 21:43Аморим МЮ схемаси ўзгариши ҳақида: "Қарор ОАВ босими туфайли қабул қилинмади. Агар футболчилар тизимни матбуот сабаб ўзгартирдим деб ҳисоблашса, бу мураббий учун якун демакдир"  0 21:08"Фенербахче" Нкункуни сотиб олиши мумкин  0 20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  3 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  3 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  21 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  3 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  10 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  10 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0

"Nasaf" bugun Qarshida yig'iladi Yangiliklar

"Nasaf" bugun Qarshida yig'iladi

Qarshining "Nasaf" jamoasi futbolchilari Turkiyadan qaytishganidan so'ng qisqa muddatli tatilga chiqishgan edi.

Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan yig'indan keyin 13 fevral kuni "ajdarlar" yurtimizga qaytib kelishgan edi. Ro'ziqul Berdiev futbolchilarga uch kunlik qisqa tatil bergandi. Bugundan etiboran esa "Nasaf" jamoasi o'zining Qarshidagi qarorgohida yig'iladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettiradi. Turkiyadagi yig'indan keyin jamoaga yangi taklif etilgan legionerlar Oleksandr Koblash va Roy Roklar o'z yurtlariga dam olish uchun jo'nab ketishgan edi. Har ikkala futbolchi bugun yurtimizga qaytib kelishadi va "Nasaf" mashg'ulotlariga kirishishadi. Oleksandr Koblash Qarshiga borishdan oldin Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tishish ko'zda tutilgan.

Eslatib o'tamiz, yangi mavsumdan boshlab o'tgan yilni "So'g'diyona" tarkibida o'tkazgan ukrainalik hujumchi Oleksandr Koblash "ajdarlar" safida o'ynaydi. SHuningdek, Antaliyadagi yig'inda taklif etilgan sloveniyalik himoyachi Roy Rok ham Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi murabbiylar shtabiga maqul kelgan va endilikda Rok "Nasaf" azosi sanaladi.


Qarshining "Nasaf" jamoasi yangi mavsumdagi o'zining ilk o'yinini OCHL 1-tur bahsida Eronning "Traktorsoziy" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 25 fevral kuni, Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика