"Nasaf" Bahrom Abdurahimov va serbiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi. Bozorov bilan shartnoma uzaytirildi
29 iyu 2021 13:09
Yangiliklar


"Nasaf" Bahrom Abdurahimov va serbiyalik hujumchini o'z safiga qo'shib oldi. Bozorov bilan shartnoma uzaytirildi
Qarshining "Nasaf" jamoasi yozgi transferlar oynasining so'nggi kunlarida tarkibini ikki nafar futbolchi bilan kuchaytirib oldi.
Kecha saytimiz orqali xabar berganimizdek "Nasaf" serbiyalik hujumchi Andreya Kaludjerovich bilan yil yakuniga qadar rasman shartnoma imzoladi. SHuningdek "Navbahor" sharafini himoya qilayotgan Bahrom Abdurahimov ikkinchi davrani "ajdarlar" safida o'tkazadigan bo'ldi. SHartnoma joriy yil oxiriga qadar imzolandi.
"Nasaf" G'olib G'aybullaev bilan shartnomani 2022 yil oxiriga qadar, Oybek Bozorov bilan shartnomani 2023 yil oxiriga qadar uzaytirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar