So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  3 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

ECHL. "Manchester Siti" "Napoli"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi, Husanov to'liq o'ynadi Yangiliklar

ECHL. "Manchester Siti" "Napoli"ni ishonchli hisobda mag'lub qildi, Husanov to'liq o'ynadi

ECHLning umumiy guruh bosqichi 1-turi doirasidagi "Manchester Siti" - "Napoli" bahsi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Siti" - "Napoli" 2:0

Gollar: Xoland (56), Doku (65).

"Manchester Siti": Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol (Ake, 80), Orayli, Rodri (Gonsales, 60), Bernardu, Reynders (Lyuis, 80), Foden, Doku (Savino, 69), Xoland (Bobb, 80).

"Napoli": Milinkovich-Savich, Di Lorenco, Beukema, Bonjorno, Spinaccola, Lobotka (Gilmur, 72), Politano (Jezus, 54), Angissa (Elmas, 71), De Bryuyne (Olivera, 26), Maktomini, Xoylund.

Ogohlantirish: Politano (52).

Chetlatish: Di Lorenco (21).

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. Kutilgan g'alaba. Husanov bugun yaxshi o'yin o'tkazdi. "Siti"chilarni g'alaba bilan tabriklaymiz)

O'yinga 2 daqiqa qo'shildi.

87. "Siti" to'pni o'zida ushlab turgancha hujumga ham o'tmayapti, raqibga ham bermayapti.

Qoyil. xG bo'yicha ko'rsatkich: 2,20 - 0,17. "Napoli" bugun o'yin boshida bo'lgan vaziyatdan boshqa hech nima qila olmadi. "Siti" himoyasi shunchaki yorvordi.

80. Yo'q. Husanov maydonda qoldi. Gvardiolga dam berildi. Abduqodir o'yinni to'liq o'tkazadigan bo'ldi.

79. Bobb va Ake maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Husanov "Arsenal" bilan o'yinga saqlab qolinsa kerak.

78. Savino o'yinga faol qo'shildi. U yaxshi harakat qilmoqda, lekin foydali ish koefficienti juda past hozircha.

69. Doku o'yindan olindi. Ha, bugunga etadi. A Seriyaning amaldagi g'oliblarini boshqa qiynamaslik kerak...

65. GOOOOOLLLL!! DOKUUU!! SUPERGOOOOLLLL!!! Raqib jarima maydonchasi ichida istalgan futbolchisini aldab o'tdi va gol urib ketdi.

60. Rodriga 1 soat vaqt berildi va u zaxiraga olindi. Niko Gonsales uning o'rnini to'ldirdi.

56. GOOOOOOOOOOLLLLL!! XOLAND! Nihoyat, hisob ochildi. Xoland boshi bilan bergan zarbasi orqali darvozani ishg'ol qildi. Fodendan super uzatma.

54. "Napoli" bor etiborni himoyaga qaratgan. Shu paytda Politano maydondan olindi va yana bir himoyachi Xuan Jezus maydonga tushirildi.

51. ZARBAAAA! Foden yaxshi nuqtaga chiqib bordi va noaniq zarba yo'lladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda.

TANAFFUS!

45+2. ZARBAAAAAA!! Oraylining zarbasi darvozaga kirib ketayotgandi. Politano amallab to'pga tegdi va Vanyaning reakciyasi sabab to'p ushlab olindi. Chiroyli vaziyat.

Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

45. UXXXXXX!! Reyndersning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza to'rining tepa qismiga borib tushdi.

43. Gvardiolning kuchli zarbasi noaniq ketdi.

41. ZARBALAAARR!! SEYVLAAAARRR!!! Avvaliga Orayli, keyinchalik Gvardiolning zarbalarini Milinkovich-Savich qaytardi. Chiroyli seyvlar.

38. HUSANOOOOVVV!! Jamoasini goldan saqlab qoldi. Agarda bir lahzaga to'pga kechikkanida Maktomini gol urib ketardi.

34. "Napoli" uzoq vaqtdan so'ng hujumga o'tdi. O'ng qanotdan bo'layotgan hujumni Orayli qaytardi.

31. Fil Fodenning zarbasini Milinkovich-Savich ushlab oldi.

30. Husanov o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Uning uzatmasini Bonjorno burchakka chiqarib yubordi.

26. Ie! De Bryuyne zaxiraga olindi. Konte uning o'rnini himoyachi Olivera bilan to'ldirdi.

22. Gol urish uchun ideal nuqta edi bu jarima. Lekin Reyndersning zarbasi jonli devordan o'tmadi.

21. QIZIL KARTOCHKA! Jovanni Di Lorenco maydondan chetlatildi.

19. Di Lorenco jarima maydonchasi yonida so'nggi umid foli sifatida Xolandni yiqitdi. Hakam bittada qizil kartochka bergani yo'q. VAR ishga tushdi.

17. ZARBAAAAAAAA!! "Napoli" hisobni ochishga yaqin keldi. Burchakdan uzatilgan to'pni Beukema boshi bilan Donnarumma darvozasi sari yo'lladi. Jijidan superseyv!

15. "Siti" burchak zarbasiga ega bo'ldi. Fodenning uzatmasiga Gvardiol boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

12. "Napoli" Husanovning qanotidan hujumga o'tdi. Angissa ilk urinishda Husanovni aldadi, ikkinchisida esa Abduqodir o'z ustunligini namoyish qilib berdi.

10. Burchak zarbasidan "Siti" unumli foydalanishi mumkin edi. Uzatilgan to'pni Doku to'xtatishda qiynaldi. Himoyachilar to'pni tepib yubordi, to'p markazdagi Husanovgacha bordi.

9. ZARBAAAAA!! Tijani Reyndersning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi.

5."Siti" tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Doku katta masofani bosib o'tib, Xoland tomon to'pni oshirdi, himoyachi to'pni qaytargandi. Dokuning o'zi hujumda fol ishlatdi.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishgan, ECHL madhiyasi yangradi. Bahs startiga oz vaqt qolmoqda.

- Hurmatli futbol ishqibozlari! Husanov Xoylundga, de Bryuynega qarshi bo'ladigan o'yin startiga oz vaqt qolmoqda.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика