“Nasaf” – “Al-Jayish”. Bugun o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi
04 apr 2016 08:29
Yangiliklar


“Nasaf” – “Al-Jayish”. Bugun o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi
Bo'lajak uchrashuvga bag'ishlangan matbuot anjumani 4 aprel dushanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionning anjumanlar zalida bo'lib o'tadi.
Matbuot anjumanining dastlabki qismi soat 11:15da boshlanadi, unda “Al-Jaish” klubi bosh murabbiyi Sabri Lyamushi hamda jamoa sardori, 19-raqamdagi himoyachi Abdurahmon Issa ishtirok etishadi. Matbuot anjumanining soat 11:30da boshlanadigan ikkinchi qismida “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev hamda jamoaning etakchi o'yinchilaridan biri ishtirok etadilar.
SHuningdek shu kuni “Nasaf” – “Al-Jayish” uchrashuvi oldidan soat 12:30da har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi miting ham bo'lib o'tadi.
Akkreditaciyadan o'tgan barcha OAVlari vakillarini ushbu matbuot anjumaniga taklif etamiz.
“Nasaf” PFK matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar