Narzulla Saydullaevni tabriklaymiz!
04 mar 2021 07:50
Yangiliklar
Narzulla Saydullaevni tabriklaymiz!
Bugun Saydullaevlar xonadonida dunyodagi eng yoqimli ovoz - chaqaloq yig'isi yangradi.
Yaratgan Egam bu oilaga farzand quvonchini ato etdi. Saytimiz “motori” Narzulla Saydullaev otalik baxtiga muyassar bo'ldi. Hamkasbimiz oilasida yana bir qizaloq dunyoga keldi. Buning uchun Allohga hamdu sanolar bo'lsin!
Saytimiz xodimlari va o'quvchilari nomidan Saydullaevlarni yangi mehmon bilan muborakbod etamiz. Umri va rizqi bilan bergan bo'lsin! Ilohim, qoriya, fozila, oqila farzand bo'lib voyaga etsin.
Narzulla, yana bir bor otalik baxti bilan chin dildan tabriklaymiz! Qizaloqni buvijonu bobolari, ota-onasiga munosib farzand bo'lib, albatta baxtli-saodatli bo'lishini tilaymiz!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar