So’nggi yangiliklar

13:57Ўзбекистон U-16 терма жамоаси йиғини учун чақирилган футболчилар маълум  0 13:26Аёллар футболи: Терма жамоа Жаҳон чемпионатига тайёр ҳам, лойиқ ҳам эмас  4 12:26"Атлетико" Эдерсон учун 35 миллион евро таклиф қилди  0 11:48"Барселона" истеъдоди Испаниянинг бошқа клубига ўтиши мумкин  0 10:55"Интер" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  2 10:33"Ювентус" "Ман Сити"нинг асосий юлдузларидан бирини жамоага қўшиб олишни хоҳламоқда   1 10:07Кэррик "Борнмут"га қарши ўйинидаги ҳакамликни танқид қилди   0 09:42Қоил! Марокаш етакчиси Африка Миллатлар Кубоги совринини қабул қилмаслигини маълум қилди  7 09:15Эрон терма жамоаси етакчиларидан бири четлатилди  11 08:50Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Албания ва Россияга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  0 08:264-тур мухлислар ташрифи. Энг кўпи Фарғонада, энг ками Самарқандда  13 02:58АПЛ. Магуайр майдондан четлатилган ўйинда МЮ "Борнмут" билан жанговар дуранг қайд этди  16 02:29Левандовски масаласи ёпилди  5 02:01Мбаппе "Атлетико"га қарши ўйнашга тайёр  0 01:33"Милан" футболчиларисиз: Италия терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмаси учун кураш йўлида таркибга кимларни жалб этди?  3

Narzulla Saydullaev: "Fanatizm" Yangiliklar

Narzulla Saydullaev: "Fanatizm"

"Oltin to'p" uchun so'rovnomada Rodrini 1-o'ringa qo'yganimni bilgan "Real" fanatlari (ularni muxlis deya olmayman uzr) mendan alamlarini ola boshlashdi.

Ovoz berishda shaxsiy fikrimni so'rashdi shaxsiy fikrimni berdim. Nega u birinchi, nega u uchinchi deb so'ramang. SHunaqa qaror qildim. Kun kelib sizdan ham shaxsiy fikringizni so'rashsa bemalol o'z fikrizni berasiz. O'shanda men sizning fikringizni o'zgartirishga harakat qilmayman yoki asoslab berishni talab qilmayman. 

Rodri 15 ochko

Vinisius 12

Bellingem 10

Karvaxal 8.

Mendan bu futbolchilar shunchadan ball olishdi. Agar "Real"ni yoki Vinisiusni yomon ko'rganimda 30 futbolchi orasidan unga shunchaki ovoz bermay qo'yardim. Hozir ikkinchi o'ringa qo'yganimda haqorat qilyapsizmi demak 10-o'ringa qo'ysam ham haqorat qilardingiz, masalanda. 

Fanatizm deganda nimani tushunaman? 

1.Abbos Fayzullaev intervyuda "Barselona" futbolchilarini maqtaganidan keyin instagramiga kirib uni haqorat qilganlar fanatizmga duchor bo'lganlar. 

2.Xayrulla Hamidov Klasikoda 4:0 yutgan "Barselona"ni maqtaganida sharhlovchini Barsachi deb haqorat qilganlar men uchun fanatizmga chalinganlar. 

3.Jahongir Fayzullaev "Barselona" muxlisi ekanini bilib qolgach "sizni yaxshi bola deb o'ylardim, otpiska" deb yozadiganlar fanatizmga yo'liqqanlar. 

Ishoning "Real" futbolchisi uyingizga 4 ta non ko'tarib kelmaydi. Futbolchilar sizni bu dunyoda borligizniyam bilmaydi. 

SHunday ekan fanatizmga chalinmang oddiygina muxlislik qiling xolos. 


Narzulla Saydullaev

Reyting: +7   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика