So’nggi yangiliklar

23:59А Серия. "Болонья" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:40Тарихга назар. Ўзбекистон терма жамоаси мағлуб бўлган пенальтилар сериясини ёдга оламиз  0 23:13Саудия Арабистони ЖЧда ярим финални мақсад қилади  1 22:51Озарбайжон. Ўзбек футболчилари дербисида Раҳмоналиев жамоаси йирик ғалаба қайд этди  2 22:16Гюлер "Реал"дан кетмоқчи эмас  3 21:51Қозоғистон клуби ўзбекистонлик футболчилар трансферини эълон қилди  1 21:14Куртуа термага қайтмоқда!  0 20:49Эрон чемпионати. "Истиқлол" мағлуб бўлди, Машарипов ва Кожо захирадан майдонга тушди  7 20:27ЎзПФЛ 4 клубнинг U21 жамоаси учун майдонини қабул қилмади, 1-турдаги 1 ўйин ўтказилмайди  4 20:02Рой Кин Бруну Фернандеш сардорлиги ҳақида: "У биз кутган сардор эмас, иқтидорли бўлишнинг ўзи камлик қилади"  2 19:32Ла Лига ҳакамларини танқид қилгани учун "Реал"га нисбатан иш очилди  22 19:18"Манчестер Сити" янги футболчи жамоа сафига келиб қўшилганини эълон қилди  2 18:41Себальос мушак жароҳати туфайли сафдан чиқди  1 16:43Дуайт Йорк: "31 ёшли Погба МЮнинг бутун ярим ҳимоясидан яхшироқ формада"  19 16:19"Бавария" фикридан қайтиб қолди  6

Unutilgan chempionat. Pro liga jamoalarida nima gaplar? Yangiliklar

Unutilgan chempionat. Pro liga jamoalarida nima gaplar?

Bugungi kunda barchaning nigohi Superliga jamoalarining Antaliyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlariga qaratilgani rost.

Darhaqiqat, bu yil Superliganing 13ta klubi xorijda mashg'ulotlar olib bormoqda. Xalqaro nazorat uchrashuvlarida ishtirok etyapti.  SHu onda so'nggi yillarda yaxshi darajaga chiqqan Pro ligani unutib qo'ygandekmiz. Nima dedingiz? Xo'sh, ularda qanday yangiliklar? Quyida shu haqida batafsil to'xtalamiz. 


"Lokomotiv"

Pro ligada chempionlikka va Superligaga qaytishga asosiy favorit hisoblangan "Lokomotiv" Turkiyada 20 kunlik yig'inni o'tkazib qaytdi. Mirko Yelichi va Denis Korostichenko juftligi jamoani boshqarmoqda, o'yin sifati bo'yicha chakki ko'rinishmayapti. Tarkibda ham tajriba va yosh yaxshi uyg'unlashgan. Marat Bikmaev, Oleg Zoteev ortga qaytdi. Ivan Solovyov va Boyan Naydenovning jamoaga kirishib ketishiga vaqt kerakka o'xshaydi. 

Keldi: SHime Jujul, Boyan Naydenov, Oleg Zoteev, Ivan Solovyov, Laziz Mirzaev, Marat Bikmaev, Rustam Soirov, Zafar Safaev,

Ketdi: Alisher Salimov, Dilshod Komilov, Jasur Jaloliddinov, Jerom Etame, Xurshid Muhtorov, Javohir Alijonov, Ivan Nagaev, G'ulom-Haydar Gulyamov, Islom Rashidxonov, Mo'min Meliev

Turkiyadagi nazorat o'yinlarida qayd etilgan natijalar

 "Lokomotiv" - "Samtrediya" 2:0

 "Lokomotiv" - "CHiksereda" 1:2

"Lokomotiv" - "Montana" 1:1

"Lokomotiv" - "Ufa" 1:1

"Lokomotiv" - "CHernomorec" 3:1

"Lokomotiv" - "Dukajini" 1:1

"Lokomotiv" - "Struga Trim" 2:1


"Qo'qon-1912"

Davron Fayziev boshchiligidagi "Qo'qon-1912"ning yangi mavsumga tayyorgarligi Toshkentda davom etmoqda. Jamoa azolari har yili tashkil etiladigan ananaviy "Hokim kubogi" musobaqasida ketma-ket ikkinchi yil g'olib chiqdi. Klub o'z imkoniyatidan kelib chiqib tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilmoqda. 30 yanvar holatiga ko'ra transferlar quyidagicha ko'rinish oldi. 

Kelganlar: Azamat Isroilov, Bobur Qosimov, Iqbol Malikjonov, Doniyor Ismailov, Jamshidbek Xomidov, Mirzoxidjon Jalilov, Muhammad Isaev, Islombek Isoqjonov, Mo'min Meliev, Nizomiddin Ziyovutdinov

Ketganlar: Javohir Sidiqov, Quvondiq Ro'ziev, SHohnazar Norbekov, Islomxon Abdullaev, Ivan Yosovich, Slavko Lukich, Oybek Rustamov, Sardor Azimov, Ilhom Vahobov, Avazxon Mamatxo'jaev, Murod Xolmuhammedov, Bilolxon Toshmirzaev, Dilshod Rahmatullaev    



"Dinamo"

O'zi uchun qadrdon ligaga qaytgan samarqandliklar tayyorgarlikning asosiy qismini Toshkentda olib bormoqda. Vadim Abramov tarkibni kuchaytirish va raqobatbardosh jamoa shakllantirishga kirishgan, bu borada u o'zi yaqindan bilgan futbolchilar xizmatidan foydalanmoqda. O'tgan mavsumda to'p tepgan Erkin Baydullaev, Elguja Grigalashvili, Abdujamol Isroilov, yoshlardan Akmal Kozimov, Javlon Malikovlar qatoriga ushbu futbolchilar qo'shilishdi. Jamoani esa 10dan oshiq futbolchi tark etdi.  

Kelganlar:   Francis Narx, Xurshid Ubaydullaev, Muhammadbobur Asadullaev, Valeriy Akopov, Bahodir Nasimov, Salim Mustafoev

Ketganlar: Mixaylo Yovanovich, Miloe Prekovich, Evgeniy CHumak, Sahob Rashidov, Marat Bikmaev, Ibrohim Yo'ldoshev, SHohruh Mahmudxojiev, SHohmalik Komilov, Jasur Umarov, Jo'rabek Mannonov, SHohruh Abdurahmonov



"Xorazm"

O'tgan mavsumda Pro ligadagi yorqin ishtiroki bilan ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldirgan "Xorazm" Toshkentda navbatdagi bosqich o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bormoqda. Ruslan Ahmedov tarkibga "Nasaf"dan Otajon Niyozmetov, "Dinamo"dan To'lqin Ergashev va Jasur Jumaev, "Navbahor-Farm"dan Asadbek Islomov, "Surxon"dan Nuriddin Hasanov va Afrika qitasidan futbolchi taklif qilingan. Rokki Marchianoni BAA klubiga transfer qilgan "Xorazm" aftidan yana shunday nomlarni izlab yuqori darajaga olib chiqishni maqsad qilgan ko'rinadi. 


"SHo'rtan"

Asror Aliqulovdan so'ng jamoani qabul qilib olgan Aleksey Evstafeev yoshlar qatoriga Zafar Polvonov, Sardor Telyakov, Mirzohid Mirzamahmudov, Jasur Umarov, Timur Usmonov kabi tajribasi bor yigitlarni jamlagan. G'uzorliklar Toshkent yig'inini 8 fevral kuni yakunladi. 


"Mashal"

Muborakliklar Toshkentdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlaridan so'ng qisqa tanaffusga yo'l oldi va uchinchi bosqich uchun Yangierda jamlandi. Tarkib borasida diqqatga arzigulik malumot yo'q. Klub qishki transferlar vaqtida  Ravshanbek Yagudin, Dostonbek To'xtaboev, Samandar SHukurillaev, Najmiddin Nomurodov, SHahzod SHaymanov, Muhammad Yo'ldoshev, Sirojiddin Rahmatullaev, Nikita Pavlenko, Ojo Mozes, Sirojiddan Allaev, Sobit Sindarov, Mikola Agapov, Sergey Molochko bilan xayrlagdi. 

"Andijon-SGS"

Bu yil Pro ligada qatnashadigan viloyatning ikkinchi jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida 10-24 fevral kunlari mashg'ulotlarni olib boradi. Nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari ham aniq bo'lib ulgurgan.

13 fevral - "Naestved" (Daniya)

15 fevral - "Bopfingen" (Germaniya)

17 fevral - "Dinamo Moskva" (yoshlari)

23 fevral - "Spartak Moskva" (yoshlari)

Tarkibda yangi nomlardan faqatgina Abubakr Mo'ydinov etiborimizni tortdi. 2019 yil "Al Nasr" jamoasiga yo'l olgan futbolchi keyingi yillarda Portugaliyaning "Leixoes M23", Estoniyaning "Vilyandi" klublarida to'p tepdi. 



"Navbahor-Farm"

Birinchi liga g'olibi sifatida Pro ligaga yo'llanma olgan "Navbahor-Farm" hujum chizig'ini kuchaytirishga harakat qilyapti. Ibrohim G'anixonov, SHohruh Mahmudxojiev namanganliklar safini to'ldirishdi. Rashid G'ofurov ustozlik qilayotgan jamoa "Yosh kuch" arenasida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика