"Napoli"ning barcha futbolchilari "qamaldi"
02 dek 2019 19:27
Yangiliklar
"Napoli"ning barcha futbolchilari "qamaldi"
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti A Seriya doirasida "Udineze"ga qarshi o'yinga yaxshiroq tayyorlanish uchun klub qarorgohi eshiklari 4 kunga qulflanishini talab qildi.
Eslatib o'tamiz, kecha jamoa Italiya chempionati doirasida "Bolonya"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Jamoaning g'alabasiz seriyasi shu orqali 8 o'yinni tashkil qilmoqda.
Anchelotti esa o'z navbatida vaziyatdan chiqib ketishni va g'alabalar yo'liga tushib olishni istamoqda.
O'tgan oyda klub prezidenti Aurelio De Laurentis bosh murabbiyga xuddi shunday taklifni qo'yganida barcha futbolchi bunga rad javobini bergandi va shu boisdan jarimaga tortilishgandi.
"Udineze" - "Napoli" uchrashuvi 7 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar