"Napoli" va Fabian Ruis yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Klub o'yinchini sotishga tayyor
24 dek 2020 18:47
Yangiliklar


"Napoli" va Fabian Ruis yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Klub o'yinchini sotishga tayyor
"Napoli" yarim himoyachi Fabian Ruis bo'yicha boshqa klublarning takliflarini eshitishga tayyor.
Neapolliklar va 24 yoshli ispaniyalik futbolchi o'rtasidagi yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
Ispaniya terma jamoasi o'yinchisining "Napoli" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fabian joriy mavsum A Seriya doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar