"Napoli" ustozi ayni paytda Evropaning eng kuchli klubi nomini aytdi
30 okt 2017 20:32
Yangiliklar
"Napoli" ustozi ayni paytda Evropaning eng kuchli klubi nomini aytdi
"Napoli" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Manchester Siti"ga qarshi uy o'yini oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, bu uchrashuv CHempionlar ligasi 4-turi doirasida bo'lib o'tadi. Neapolliklar oldingi turda Manchesterda mag'lubiyatga uchrashgan edi.
"CHempionlar ligasi jamoaga qo'shimcha yuklama bo'ladimi? Menimcha, bunday tasavvur bilan fikrlash to'g'ri emas, chunki bu sayyoradagi eng yaxshi futbol musobaqasi. Unda qatnashayotganimizdan faxrlanamiz. Biz ishonch bilan o'ynashga va yaxshiroq ishlashga harakat qilishimiz kerak. "Siti" bilan bellashuv chiroyli bo'ladi, chunki bu oxirgi oylarda Evropaning eng kuchli jamoasi.
Natijaga erishish qiyin bo'ladi, lekin biz bunday jamoa bilan tengma-teng o'ynay olishimizdan faxrlanamiz", - dedi Sarri.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar