"Napoli" Kulibalini MYUga 110 million evroga sotmadi
20 may 2019 17:41
Yangiliklar


"Napoli" Kulibalini MYUga 110 million evroga sotmadi
"Napoli" "Manchester Yunayted"ning Kalidu Kulibali bilan bog'liq bo'lgan navbatdagi taklifini rad etdi.
Angliya klubi 27 yoshli futbolchiga 110 million evro taklif etdi, ammo neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis senegallik futbolchini qo'yib yuborishni istamadi.
Kulibali uchun 150 million evro miqdoridagi tovon puli 2020 yildan boshlab kuchga kiradi.
"Napoli" o'tgan yilning noyabr oyida MYUning 90 million evro va dekabrdagi 103 million evroli taklifini ham rad etgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar