"Napoli" Kulibali to'g'risidagi taklifni rad etdi
19 iyu 2021 19:36
Yangiliklar
"Napoli" Kulibali to'g'risidagi taklifni rad etdi
Italiyaning "Napoli" klubi "Manchester Yunayted"ning himoyachi Kalidu Kulibali borasidagi taklifini rad etdi.
Ingliz klubi senegallik futbolchi uchun neapolliklar rahbariyatini qoniqtirmaydigan 30 million evro taklif qilgan. Italiya klubi esa o'z himoyachisi uchun 50 million evro talab qilmoqda. Xabar qilinishicha, Kulibalining o'zi jamoasini o'zgartirmoqchi va Angliya chempionatiga o'tishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, Kulibali 2014 yilda "Genk"dan "Napoli"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 37 uchrashuv o'tkazib, bitta gol urgan.
Fikrlar