"Napoli" klub rekordini o'rnatdi
29 okt 2022 21:50
Yangiliklar
"Napoli" klub rekordini o'rnatdi
"Sassuolo"ni yirik hisobda mag'lub etgan "Napoli" g'alabali seriyasini davom ettirmoqda.
Bugungi uchrashuvdan so'ng Sapaletti jamoasi 32 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Nepolliklar ikkinchi o'rindagi "Milan"dan 6 ochko oldinda.
"Napoli" barcha musobaqalarda ketma-ket 13-g'alabasini qo'lga kiritdi va klub rekordini o'rnatdi. Jamoa umumiy hisobda joriy mavsumda 17ta o'yinda 15ta g'alaba va 2ta durang qayd etishgan.
Ular oxirgi marotaba 31 avgust kuni g'alaba qozona olmagan, "Fiorentina" bilan durang qayd etgandi. Klub navbatdagi uchrashuvini 1 noyabr kuni ECHL guruh bosqichining 6-turida "Liverpul"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar