“Napoli” Italiya Kubogini beshinchi marotaba qo'lga kiritdi FOTO
04 may 2014 12:37
Yangiliklar
“Napoli” Italiya Kubogini beshinchi marotaba qo'lga kiritdi FOTO
Stadionga yaqin joyda “Napoli”ning to'rt nafar fanatiga nomalum kimsalar tomonidan hujum uyushtirilgan. To'pponchadan otilgan o'q bir tiffozining ko'krak qafasiga tekkan va zudlik bilan gospitalga etkazilgan.
Stadionga yig'ilgan “Napoli” ishqibozlari bunga javoban uchrashuvni o'tkazmaslikni talab qilib, maydonga petardalarni uloqtira boshlashdi. SHu erning o'zida shoshilinch yig'ilish o'tkazilib, unda har ikki klub prezidentlari (Aurelio De Laurentis va Andrea Della Valle) ishtirok etishdi.
SHuningdek, Italiya bosh vaziri Matteo Renci, Italiya Olimpiya qo'mitasi prezidenti Jovanni Malago hamda mamlakat futbol federaciyasi rahbari Jankarlo Abetelar ham ushbu shoshilinch yig'ilishda qatnashishdi.
SHundan so'ng, “Napoli” sardori Marek Gamshik o'z jamoasining ishqibozlari bilan suhbatlashib, ularni tinchlanishga va og'irroq bo'lishga chaqirdi. Qirq daqiqadan so'ng esa uchrashuv boshlandi va yakunda “Napoli” florenciyaliklarni 3:1 xisobida engib, o'z tarixida beshinchi bor Italiya Kubogini qo'lga kiritdi.
SHu paytgacha, neapolliklar mamlakat kubogiga 1962, 1976, 1987 hamda 2012 yillarda ega chiqishgandi.
Italiya Kubogi. Final
FIORENTINA – NAPOLI - 1:3 (1:2, 0:1)
4 may, 00.45. “Stadio Olimpiko”
Gollar: 0:1 – 11 Insine, 0:2 – 17 Insine, 1:2 – 28 Vargas, 1:3 – 90 Mertens.
Fiorentina – Neto, Tomovich, Savich, Gonsalo, Paskual (Fernandes, 56), Ilichich, Akvilani (Matri, 83), Xoakin (Rossi, 72), Borxa Valero, Vargas, Pisarro.
Napoli – Reyna, Fernandes, Albiol, Enrike, Gulyam, Gamshik (Mertens, 64), Jorjino, Inler, Kalexon, Insine (Bexrami, 81), Iguain (Pandev, 71).
Ogohlantirishlar: Borxa Valero (10), Albiol (36), Ilichich (40), Tomovich (47), Inler (50), Fernandes (65), Insine (78), Reyna (81).
CHetlatish: Inler (79).
Fikrlar