So’nggi yangiliklar

11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  1 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  24 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  15 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  19 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  1 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  12 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  16 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  38 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  3 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  6

"Napoli", "Inter", "Yuventus"da g'alaba - A Seriya 14-tur yakunlari Yangiliklar

"Napoli", "Inter", "Yuventus"da g'alaba - A Seriya 14-tur yakunlari

Italiya chempionatida 14-tur bahslari ortda qoldi.

Irving Losano "Napoli"ga "Empoli" ustidan g'alaba keltirdi

"Napoli" 8-daqiqada hisobni ochish uchun qulay imkoniyatga ega bo'ldi, lekin Raspadori jarima maydonchasi ichida ko'ngildagidek zarba bera olmadi. SHundan keyin o'yin biroz tinchlandi va navbatdagi xavfli vaziyat yana Raspadori ishtirokida yuzaga keldi. Hujumchi jarima maydonchasida raqib bilan kurashda ustun keldi, ammo zarbasi qovushmadi. Umuman olganda bo'lim u qadar yuqori bo'lmagan tempda o'tdi. Raspadori bo'lim oxirida ham yana bir marta zarba berishga imkon topdi, biroq yana noaniq.

Tanaffusdan qaytgach, "Napoli" tezroq o'ynay boshladi. Raspadori to'pni Angussaga etkazdi, kamerunlik futbolchining zarbasidan keyin to'p darvozadan teparoqdan o'tib ketdi. "Empoli" ham maydonda borligini eslatib qo'ydi. Bayramining uzatmasidan keyin Bandinelli yaxshi zarba berdi. Ko'p o'tmay, Raspadorining uzatmasidan keyin Osimxen zarba berdi, ammo mo'ljalda adashdi. Aynan nigeriyalik forvard "Empoli" himoyachisini jarima maydonchasi ichida taqib etib, to'pni olib qo'ydi va uni yiqitishdi. Zarbani Irving Lozano amalga oshirdi va neapolliklarni oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada Luprettoning qizil kartochka olishi "Empoli" uchun vaziyatni o'ta qiyin qilib yubordi. "Napoli" qarshi hujumlar uchun bo'sh zonalarga ega bo'la boshladi. Lozano to'pni jarima maydonchasidagi Osimxenga uzatdi, hujumchi to'pga eta olmadi, lekin Zelinski kerakli joyda paydo bo'lib, oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 


"Inter" "Bolonya"ni yanchib tashladi

"Yuventus"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Inter" uchun g'alaba juda zarur edi va jamoa azolari ilk daqiqalarda juda asabiylashishdi. Har holda o'yin debyutida "Bolonya" ishonchliroq ko'rinardi, bir nechta vaziyat yaratishga ham ulgurdi. Natijada Xaralambos Likoyannis zarba beran to'p Orsoliniga tegib,  yo'nalishi o'zgarib, to'rga borib tushdi. "Inter" tezda javob berdi. Dumfrisning uzatmasi qovushmadi, ammo Jeko vaziyatga tezda to'g'ri baho berib, to'pga moslashdi va uzoq burchakni nishonga oldi. Mezbonlar hujum qilishda davom etishdi va xavfli nuqtadan jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'lishdi. To'p oldiga Dimarko keldi va to'pni erdan yo'llab, Skorupskini dog'da qoldirdi. "Inter" tanaffusgacha yana bir gol urishga ulgurdi, CHalxanoglu to'pni yaqin burchakka etkazib berdi va Lautaro boshi bilan uni darvozaga yo'lladi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi bilanoq Dumfris va Jeko yana bir golni rasmiylashtirishlari mumkin edi. Gollandiyalikning uzatmasidan keyin bosniyalik sportchiga biroz omad etishmadi. Bir necha daqiqa o'tib, "Inter" baribir gol urdi. Barellaning uzatmasidan keyin Dimarko bir raqibini "zamax"da chalg'itib, uzoq burchakni nishonga oldi. "Inter" to'xtash haqida o'ylamasdi. Jekoning yana bir zarbasidan keyin to'p Xoakin Sosaning qo'liga tegdi. Natijada penalti belgilandi. Bunday imkoniyatdan CHalxanoglu unumli foydalandi. Tinib-tinchimas Jeko bu safar qanotdan oldinga o'tdi va markazga to'pni tashlab berdi, endigina zaxiradan o'yinga qo'shilgan Gosens nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Yana bir zaxiradan maydonga tushgan futbolchi Aslani ham gol urishga yaqin edi, lekin uning urinishidan keyin to'p ustunga tegdi. O'yin so'nggida "Bolonya" farqni bitta to'pga qisqartirishi mumkin edi, biroq Sorianoning zarbasini Onana qaytardi, "Inter" "Bolonya" bilan o'yinlardagi eng yaxshi natijasini takrorladi.


"Roma" va "Sassuolo" durang o'ynashdi

Biz uchun etiborlisi, Joze Mourino bu o'yinda SHomurodovni asosiy tarkibda tushirishga qaror qildi. "Sassuolo" esa ilk daqiqalardan bu kecha raqibdan cho'chimay, hujumkor futbol namoyish qilishini ko'rsatib qo'ydi. D`Andrea qanotdan markazga kirib borib, zarba berdi, lekin biroz noaniq. Ko'p o'tmay, Joze Mourino "Roma"ga olib kelishni istagan Frattezi rimliklar darvozasi tomon xavfli zarba yo'lladi. "Roma" Zanolo va SHomurodov ijrosidagi xavfli tashlanish bilan javob berdi. Biroq Eldorning zarbasidan keyin to'p to'g'ri kiperga borib tushdi. "Sassuolo" esa vaziyatlar yaratish borasida ustunlik qilardi. Arraui uzoq masofadan yaxshi zarba bergan bo'lsa, Frattezi burchakdan uzatilgan to'p uchun kurashda ustun keldi, ammo darvozani nishonga ololmadi.

Kutilmaganda, tanaffusdan keyin o'yin tempi keskin tushib ketdi. Vaqtning asosiy qismida jamoalar akademik harakatlar orqali raqib xatosini kutishdi. Murabbiylarning o'zgartirishlari o'yin borishiga tasir qildi. Traoreda yaxshi imkoniyat bo'ldi, ammo u zarbani paysalga solib yubordi. Ikki daqiqa o'tib Manchini kutilmaganda qanotda paydo bo'ldi va uning uzatmasidan keyin zaxiradan maydonga tushgan Abraxam to'pni darvoza to'riga yo'lladi. "Sassuolo" muvozanatni tiklashga "otildi" va bu ish berdi. Lorent katta tezlikda qanotdan oldinga o'tdi va to'pni Pinamonti tomon yo'lladi, hujumchi Smollingdan chaqqonroq harakat qildi hamda Ruy Patrisiuni ranjitdi. Qolgan daqiqalarda "Sassuolo" g'alabani ilib ketishga urinib ko'rdi, lekin shu kuni stadionga tashrif buyurgan o'n olti mingdan ziyod muxlis boshqa darvoza ishg'ol etilishi guvohi bo'lishmadi.


"Yuventus" "Verona"dan ustun keldi

"Inter" ustidan qozonilgan g'alaba "keksa sinora"ga ruhiy dalda bo'lgani turgan gap. SHunga qaramay, ilk daqiqalarda hujumda "Verona" xavfliroq ko'rinardi. Avvaliga Suleymani uzoqdan kuchli zarba berdi, keyin Danilo tashlanib, gol urishga chog'langan Jurichni zararsizlantirdi. "Yuventus" 1-vaziyatini bo'lim oxirida yaratdi, Lokatelli uzoq masofadan zarba berdi, ammo Montipo pand bermadi. 

Tanaffusdan keyin ham "Verona" keskinroq hujumlar uyushtirdi, Davidovich jarimadan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, vaziyat o'tgach, futbolchi o'zini Aleks Sandro qo'pollik bilan yiqitganini takidlasa ham, hakam ishonmadi. "Yuventus" esa ikkinchi bo'limdagi birinchi xavfli imkoniyatini golga aylantira oldi. Rabo to'pni Moyze Kinga etkazdi, hujumchi imkon topib, bir qarashda murakkab bo'lmagan zarba berdi, ammo Montipo "qovun tushirdi". 



"Verona" hujumga tashlandi. Anri darvozaning bo'sh qolgan burchagini nishonga olganda, Aleks Sandro tanasi bilan to'pni qaytardi, biroq "to'p qo'lga tegmadimi" degan savol paydo bo'lgandi. Hakamlar barchasi joyidaligi va o'yinni davom ettirishni so'rashdi. Keyingi bahsli holat Bonuchchi jarima maydonchasida Verdini "yiqitib qo'yganida" yuzaga keldi. Arbitr avvaliga nuqta tomon ishora qildi, lekin takroriy lavhani ko'rgach, fikridan qaytdi. Qo'shib berilgan daqiqalarda Sandro Lazanyani so'nggi umid foli bilan bo'lsada, to'xtatib qolganida Verdida imkoniyat bo'ldi. Jarima maydonchasi chizig'i ustidan zarbani ijro etgan italiyalik futbolchiga aniqlik etishmadi."Yuventus" o'yin borasida maqtana olmasada, navbatdagi g'alabani tantana qildi, "Verona" esa nafaqat natija balki hakamlikdan ham norozi bo'lgan bo'lsa ajab emas.


"Atalanta" kutilmaganda "Lechche"ga yutqazib qo'ydi 

"Bergamasklar" o'yinni faol boshlashdi, Duvan Sapata qulay nuqtaga chiqib bordi, lekin uning zarbasi yo'liga himoyachi oxirgi pallada to'g'anoq bo'ldi. "Lechche" raqibning ilk daqiqalardagi faolligiga qarshi turib bera oldi va tempni biroz tushirishga muvaffaq bo'ldi. Bo'lim o'rtalariga kelib esa o'zlari hisobni ochishdi. Jarima zarbasidan keyin Xuan Gonsales uzatgan to'pni Baskirotto boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. "Atalanta" o'ziga kelib ulgurmay, ikkinchi bor to'p o'tkazib yubordi. Di Franchesko Rudjerining xatosidan keyin qanotdan oldinga o'tib ketdi va Sportelloni ham dog'da qoldirib, bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi. "Atalanta" katta kuch bilan hujumga o'tdi va vaziyatlar yarata boshladi. Natijada Malinovskiyning ajoyib uzatmasidan keyin jarima maydonchasidagi Duvan Sapata to'pni darvozabonning yonidan o'tkazib yuborishga erishdi.

Tanaffusdan keyin ham "Atalanta" hujumga tashlandi. Burchak zarbasidan keyin Okolida yaxshi imkoniyat bo'ldi. "Lechche" ham imkon tug'ildi deguncha raqib darvozasiga xavf solishni kanda qilmasdi. Birgina Di Francheskoning ayyorona zarbasini yodga oling. "Atalanta" esa imkon qadar raqibni ortga chekinishga va jarima maydonchasiga qamab qo'yishga urinardi. Malinovskiy uzoqdan kuchli zarba berdi, Kompeyners esa jarima maydonchasiga yorib kirib, zarbada biroz adashdi. Oxirgi daqiqalarda esa bergamoliklar shunchaki to'pni raqib jarima maydonchasiga, duch kelgan uslubda, tepa boshlashdi va bu kutilgan natijani keltirmadi. Oqibatda jamoa CHempionlar Ligasi hududini tark etdi. "Lechche"ga esa qoyil qolmay ilojimiz yo'q.

SHuningdek, "Milan" va "Kremoneze" gol ura olishmadi, "Lacio" "Monca"ni, "Fiorentina" esa "Salernitana"ni engdi.


Sergey Rumyancev

Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика