So’nggi yangiliklar

23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  31 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  1 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  6 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  39 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  89 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  0 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  21 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2 19:02Ла Лига. "Атлетико" ўйиннинг сўнгги қисмида "Жирона"ни тор-мор келтирди, Сорлотдан хет-трик. Мадрид клуби мавсумни учинчи ўрин билан якунлади  1 18:16Муҳим беллашувга оз қолмоқда. Терма жамоа йиғинига ким қайси вақтда етиб келади?  8 17:47"Интер" 27 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 17:13"Наполи" Аллегрига бир мавсум учун 6 миллион евро таклиф қилиши мумкин  0 16:22"Милан" Рейндерснинг нархини "Манчестер Сити"га маълум қилди  1

Namozov o'tgan yil ham "Andijon" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi o'yinda ishlagan Yangiliklar

Namozov o'tgan yil ham "Andijon" va "Qo'qon-1912" o'rtasidagi o'yinda ishlagan

Bugun oliy ligada 3-tur uchrashuvlari yakunlanadi. Xuddi turning dastlabki ikki o'yinida bo'lgani singari hakamlarni va jamoa uchun qanchalik omadli ekanligini ko'rib chiqamiz.

Qo'qonda bo'lib o'tadigan vodiy derbisi - "Qo'qon-1912" - "Andijon" uchrashuvini toshkentlik Baxtiyor Namozov boshqarib boradi. 2015 yil oliy ligada 17ta bellashuvni boshqargan Namozov mazkur juftlikning Andijondagi bahsida ham ishlagan. O'sha o'yinda mehmonlar g'alaba nashidasini surgan - 1:2. Bundan tashqari, "Andijon" - "Bunyodkor" uchrashuvida ham bosh hakamlik Namozovga ishonib topshirilgan va mazkur bahsda ham mehmon jamoa g'olib chiqqan - 0:2.

2015 yil. Baxtiyor Namozov boshqargan o'yinlar

"Qo'qon-1912" ishtirokidagi uchrashuv
ANDIJON - QO'QON-1912 - 1:2

"Andijon" ishtirokidagi uchrashuvlar
ANDIJON - QO'QON-1912 - 1:2
ANDIJON - BUNYODKOR - 0:2

2016 yil. Oliy liga. 3-tur
QO'QON-1912 - ANDIJON
Bosh hakam:
Baxtiyor Namozov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov (Namangan), Mo'min Majidov (Namangan).
Zaxiradagi hakam: Igor Gormashov (Toshkent).
Nazoratchi: G'ayrat Karimov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Roman CHernikov.

Turning yana bir uchrashuvida "Qizilqum" - "Olmaliq" jamoalari to'qnash kelishadi. Mazkur o'yinni boshqarish toshkentlik Olim Tolibjonov zimmasiga yuklatilgan. O'tgan mavsum Olmaliqda "Olmaliq" - "Andijon" o'yinini aynan Tolibjonov boshqargan va o'sha bahsda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba nashidasini surgan. "Qizilqum" esa, Tolibjonov bosh hakamlik qilgan ikki bellashuvning birida safarda "Bunyodkor"ga (2:1) yutqazgan bo'lsa, ikkinchisida "Metallurg"ni qabul qilib, durang o'ynagan - 1:1.

2015 yil. Olim Tolibjonov boshqargan o'yinlar
"Qizilqum" ishtirokidagi uchrashuvlar
BUNYODKOR - QIZILQUM - 2:1
QIZILQUM - METALLURG - 1:1

"Olmaliq" ishtirokidagi uchrashuv
OLMALIQ - ANDIJON - 3:2

2016 yil. Oliy liga. 3-tur
QIZILQUM - OLMALIQ
Bosh hakam:
Olim Tolibjonov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov (Toshkent), Nabi Ro'zimov (Namangan).
Zaxiradagi hakam: SH.Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Ahrol Inoyatov.

Hozircha mag'lubiyat neligini bilmay kelayotgan "Metallurg" mazkur turda "SHo'rtan"ni qabul qiladi. Ushbu o'yinni boshqarish Aziz Asimovga yuklatilgan. 2015 yilgi mavsumda oliy liganing 12ta uchrashuvida bosh hakamlik qilgan Asimovga mazkur juftlikdagi raqiblarning o'yinini boshqarish nasib qilmagan.

2015 yil. Aziz Asimov boshqargan o'yinlar
"Qizilqum" ishtirokidagi uchrashuvlar
Yo'q

"Olmaliq" ishtirokidagi uchrashuvlar
Yo'q

2016 yil. Oliy liga. 3-tur
METALLURG - SHO'RTAN
Bosh hakam:
Aziz Asimov (Toshkent).
Qanot hakamlari: Temur Galeev (Toshkent), A.Po'latov (Namangan).
Zaxiradagi hakam: Igor Xudoydatov (Toshkent).
Nazoratchi: Farhod Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: Valeriy Lyotkin.

Qiziqarli kechishi kutilayotgan "Navbahor" - "So'g'diyona" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv Hasan Ro'zievga ishonib topshirilgan. 2015 yil oliy ligada 15ta o'yinda ishlagan Ro'ziev bugungi juftlikdagi raqiblarning ishtirokidagi bahslarda ham bosh hakamlik qilgan. Xususan, "So'g'diyona" Hasan Ro'ziev hakamlik qilgan uchta uchrashuvning bittasida g'alaba ("Olmaliq" - 1:0) qozongan bo'lsa, ikkitasida mag'lubiyatga ("Qizilqum" - 1:4, "Andijon" - 1:2) uchragan. "Navbahor" esa, o'z uyida "Nasaf" bilan durang o'ynagan - 1:1.

2015 yil. Hasan Ro'ziev boshqargan o'yinlar
"Navbahor" ishtirokidagi uchrashuv
NAVBAHOR - NASAF - 1:1

"So'g'diyona" ishtirokidagi uchrashuvlar
QIZILQUM - SO'G'DIYONA - 4:1
SO'G'DIYONA - ANDIJON - 1:2
SO'G'DIYONA - OLMALIQ - 1:0

2016 yil. Oliy liga. 3-tur
NAVBAHOR - SO'G'DIYONA
Bosh hakam:
Hasan Ro'ziev (Toshkent).
Qanot hakamlari: Olim Abduvosilov (Toshkent), Sanjar SHoyusupov (Toshkent).
Zaxiradagi hakam: Akmal Rahimov (Andijon).
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Noil Lutfullin.


Furqatbek Nishonov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика