So’nggi yangiliklar

22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   19 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  3 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  8 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  15 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6

Namangandagi taassurot: Muxlislar erkatoyi - "Navbahor" Yangiliklar

Namangandagi taassurot: Muxlislar erkatoyi - "Navbahor"

Superligadagi eng "qaynoq" va markaziy o'yinni bevosita stadiondan kuzatish uchun kecha ijodiy guruhimiz bilan Namangan sari yo'lga otlandik.

Bir narsani oldindan aytishni istardim, kechagi fantastik muhitda o'tgan uchrashuvga borganimizdan hecham afsuslanmadik. Har qanday futbolni bezab beradigan eng asosiy jihat - muxlislar. Aynan muhitning go'zalligi uchrashuvni bezantirib berdi.

O'YIN

Bahs hayajon va maydondagi nuqsonlar tufayli texnik xatolar bilan boshlandi. Jamoalar kecha chiroyli kombinacion futbol ko'rsatishmadi. Bunga avvalo maydon holati yo'l qo'ymadi. Ammo o'yindagi keskinlik, shiddat va azart maydonning har bir qarichidagi kurashda sezilib turdi.

CHempionlik yo'lida kurashayotgan bu ikki jamoaning o'zaro o'yini principial jihatdan eng yuqori darajaga chiqayotganini payqamaslikning iloji yo'q. SHu boisdan ham o'yin ahamiyati ikkala jamoa uchun finalga teng ko'rildi.

O'yinda tashabbus mehmonlar tarafida bo'ldi. Garchi "Paxtakor" bu maydonda o'z o'yinini namoyish etolmagan bo'lsada,  bahs mehmonlar nazorati ostida o'tdi.  Dastlabki daqiqalarda yuzaga kelgan qulay vaziyatni CHeranning yakuniy qarorni kechiktirgani va to'pni oshirishdagi xatosi ko'kka sovurdi. SHuningdek, Ismoil Gonsalvesh ham hisobni ochish uchun yaxshigina imkoniyatni qo'ldan chiqardi.

"Navbahor" esa asosan qarshi hujumlar yoki vujudga kelishi mumkin bo'lgan standart vaziyatlariga tayanib o'ynadi. Bu esa yakunda o'z mevasini berdi, desak ham mubolag'a bo'lmaydi. To'g'ri, jamoa dastlabki golini standart vaziyatidan emas, o'yindan kiritishga erishdi. CHap qanotdan boshlangan hujum darvoza ustuni orqali rikoshet xosil qilib, to'p Ayubxon No'monovga kelib tushdi va futbolchi osonlik bilan yaqin masofadan mo'ljalda adashmadi - 1:0. Bu esa taymni nisbatan yaxshiroq o'tkazgan "Paxtakor"ga qattiq zarba bo'ldi. CHunki tanaffusga yaqin o'tkazib yuborilgan gol hamisha yoqimsiz bo'ladi va gol urgan jamoaga ruhiy ustunlikni taqdim etadi.



Biroq "Paxtakor" ikkinchi bo'limda yanada jiddiy yondoshuv bilan o'yinga kirishdi. Natijada ikkinchi taymning startida bu narsa tabloda ham aks etdi. "Paxtakor"  hisobni tenglashtiruvchi golni standart vaziyatidan, aniqrog'i burchak zarbasidan so'ng kiritdi. Masharipovning burchak zarbasidan oshirgan to'pini CHeran chiroyli tarzda boshi bilan darvozaga joylab, muvozanatni tikladi - 1:1.

Tabiiyki goldan ruhlangan jamoa yana o'z omadini hujumdan izladi. SHu kuni faol o'ynagan CHeran chamasi 20 metrlar masofadan o'z uslubida zarba yo'lladi. Kutilmagan traektoriyani xosil qilgan to'p dastlab darvoza to'sini, keyinchalik darvozabonning elkasi va darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi. Qaytgan to'pni esa Masharipov darvozaga joyladi. Ammo "Paxtakor" futbolchisi quvonchini nishonlashga taraddudni boshlamasidanoq yon hakam Alisher Usmonov toza golni bekor qildi. Vaholanki, CHeran zarba berganida hech qanday o'yindan tashqari holat vujudga kelmagandi.

Natijada "Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvida jarima maydoni tashqarisida yiqilgan Marat Bikmaevni ichkariga kiritib qo'yib, yo'q penaltini o'ylab topgan Alisher Usmonov ikkinchi bor qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

Lekin bu bilan "Paxtakor" tinchigani yo'q. Yana hujumlar ketma-ketligini davom ettirgan mehmonlar bu safar burchak zarbasidan so'ng penalti ishlashdi. Igor Golban havodagi kurashda to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun Asimov ikkilanmasdan 11- metrlik nuqtani ko'rsatdi. Ismoil Gonsalvesh esa "nuqta"dan adashmadi - 1:2.

SHundan so'ng muxlislar olqishi va chorlovi natijasida "Navbahor" ikkinchi bo'limda hujum qilishni esladi. Aniqrog'i, muxlislar ularga buni eslatishdi. Bu safar standart vaziyati "Navbahor"ga qo'l keldi. Jarima zarbasidan so'ng SHerzod Karimov tomonidan oshirilgan to'pni Azizbek Turg'unboev boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 2:2.

Ko'rinishidan bu gol "Navbahor"ga qo'shimcha kuch va ruhiy ustunlikni taqdim etishi va "Paxtakor" biroz sarosimaga tushib qoladiganga o'xshagandi. Biroq ikkinchi bo'limni birinchisidanda kuchliroq o'tkazgan "Paxtakor"ni bu gol izdan chiqara olmadi. Arveladze jamoasi Namanganda "Navbahor"ga uchinchi golni urishni ham uddaladi. Bezerra tomonidan oshirib berilgan to'pni chap qanot himoyasidan hujumga etib kelgan Farruh Sayfiev boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:3.



Uchinchi goldan so'ng Arveladze himoyani mustahkamlab, hisobni ushlab qolishni ko'zladi. Aynan shu qaror yakunda pand berdi. CHunki hujumkor vinger sifatida o'ynagan Gonsalvesh o'rniga Kamoliddin Tojievni tushirish orqali 4-2-3-1 himoyaviy 5-4-1ga aylandi.

SHundan so'ng "Navbahor" oxirgi daqiqalarni hujumda o'tkazdi va yana standart vaziyati orqali hisobni tenglashtirishni uddaladi. Bu safar Karimovning burchakdan oshirgan to'pini Golban golga aylantirdi - 3:3.

O'yinda "Paxtakor" "Navbahor"dan yaqqol ustunlik qildi. Ayniqsa ikkinchi bo'limda mehmonlar mezbonlarga nisbatan faol va kuchli o'ynashdi. Ammo yaratilgan bir nechta vaziyatlarda mo'ljalni aniq poylay olmaslik va offsayddan urilgan gol deya hisoblangan Usmonovning xatosi yakunda "Paxtakor"ga pand berdi.

Arveladze jamoasi o'z uslubidan biroz chekingan holda maydonga moslashib samarador o'ynashga intildi, qisman uddaladi ham. Lekin "Navbahor" bunday vaziyatlarda va bu maydonda qanday o'ynash hadisini olganligi uchun kerakli paytda nima qila olish kerakligini unutib qo'ymadi. "Navbahor" garchi o'yin bobida yutqazgan bo'lsada, ammo kurashuvchanlik irodasi tufayli mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Aynan shu jihat Ilhom Mo'minjonovni kecha xursand qilganini murabbiy alohida takidladi.

Arveladze ham "Paxtakor"ni mazkur bahsga yaxshi darajada tayyorlay olganini qayd etish lozim. Garchi jamoa g'alabani qo'ldan chiqargan bo'lsada, butun o'yin davomida ustunlikka erishdi va kerak paytda xarakter ham namoyish etdi. Bunday fantastik muhitda va mahalliy ishqibozlarning o'zgacha "muhabbati" tasiriga tushib qolmagan "Paxtakor"ni ham mardonavor o'yin o'tkazgani etirofga loyiq. Arveladze o'yin davomida faqatgina bir marotaba adashdi, chamamda. Qo'qonda bo'lgani kabi, hisobda oldinga chiqib olgach Arveladze o'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganida yana beshinchi himoyachi Tojievni tushirish orqali o'yin nazoratini raqibga topshirib qo'ydi. Yakunda topshirilgan ushbu tashabbus mezbonlarga hisobni tenglashtirish uchun etarli bo'ldi. Bu o'zgarish Arveladze kutgan effektni bermadi, yani himoyani mustahkamlay olmadi. Aksincha o'yin ritmi buzilib ketdi.



To'g'ri, hakam xatosi o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi. Biroq shu kuni "Navbahor" taslim bo'lmaslik uchun oxirigacha kurashgani uchun ham nisbatan mag'lubiyatga loyiq ko'rinmadi va buning uchun munosib mukofotlandi. "Paxtakor" esa Namangandan g'alaba bilan qaytishga, cho'ntakka 3 ochkoni solib qo'yishga loyiq o'ynadi. Yakunda natija "Navbahor" uchun har tomonlama yaxshi, "Paxtakor" uchun alamli bo'ldi. Qaysidir jihatdan "Navbahor"ga omad kulib boqdi. "Paxtakor"dan esa omad yuz o'girdi.


SHuni aytish kerakki, har ikkala jamoa xarakter va iroda namoyish etishdi. Bir so'z bilan aytganda, mardonavor o'yin ko'rsatishdi.



MUHIT, MUXLISLAR VA MAYDON HAQIDA

To'g'risi, Namangandagi stadionga birinchi bor tashrif buyurdim. Muhit va mahalliy ishqibozlarning muxlislik qilishiga televizor orqali ko'rib ham qoyil qolganman. Ammo ularni jonli tarzda ko'rish va bu muhitda o'yin tomosha qilish shunchaki zavq va maroq bag'ishladi. To'g'risi, o'yingacha ham muxlislarni o'z sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlashini ko'rib tan berdim. Rostan ham chiroyli va maqtovga arzigulik holat. So'zsiz ularni O'zbekistonda ko'rgan eng yaxshi muxlislar, deya olaman.

Avvallari "Navbahor"ni uyida nega bu kabi muvaffaqiyatli o'ynashiga muxlislar xizmati borligi qisman bilardim. Lekin bu qadar ekanligini tasavvur qilmaganman. Kechagi o'yinga qadar natijalarda muxlislar effekti 50% deya hisoblagan bo'lsam, endigi fikrim yana 10% oshdi.

Muxlislar istasa "Navbahor"ni hujumga chorlab, oldinga boshlay olish darajasida ekan. Lekin kechagi penalti bilan bog'liq vaziyatdan keyin ishqibozlarning o'zini tutishi, ochig'i dilni xira qildi. "Navbahor" zarariga belgilanadigan jarima zarbalari uchun qachongacha hakam aybdor bo'ladi? Vaziyatni aniq ko'rmay, bilmay turib baho berish yoki reakciya qilish nega kerak? Undan ko'ra o'z sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlab oldinga boshlashi mumkinku? Kecha buni amalda ikki marotaba ko'rdik. Hisob 1:2 va 2:3 bo'lib turgan payt aynan ularning olqishi va effekti natijasida raqib biroz izdan chiqdi hamda "Navbahor" ruhlandi.


Har qanday hakamning qarorini xushtaklar va oshib tushgani maydonga narsa uloqtirish, nosvoy va elim idishlarni otish orqali reakciya qilishga ularning qanchalik haqlari bor? Bu narsa avvalambor vaqtni o'ldiradi, zarari esa "Navbahor" boshiga sinadi. Bundan kim manfaatdor? Ularning bu reakciyasi va bunday beodob xulqi faqat va faqat o'zlari hamda sevimli jamoalari uchun zarar keltirishdan boshqa hech narsa emas.

Aynan o'sha idishlarni uloqtirish orqali o'z jamoasi futbolchisi Sardor Sulaymonovga jarohat etkazishdi. SHumi endi bunday fantastik muhitning biz bilmagan xunarlari?



PFL ham buyog'iga klubga katta miqdordagi jarimani qo'llamasdan, ramziy manodagi 5-10 million so'm atrofidagi jarima va stadionni diskvalifikaciya, yani o'yinni muxlislarsiz o'tkazishni qo'llashi lozim. Bu yangi amerika ochish emas. Butun jahon tajribasida keng qo'llanib kelinadigan ish. Aynan shu diskvalifikaciyalar orqali muxlislarni tarbiyalash va ularni to'g'ri yo'lga boshlash mumkin. SHunda "Navbahor" o'z uyidagi eng katta ustunligidan ayriladi, chiptalar sotuvidan tushishi mumkin bo'lgan millionlardan quruq qoladi va muxlislar o'z sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlay olishmaydi. Natijada muxlislar keyinchalik bundan to'g'ri xulosa qilishlari mumkin.

Kerak emas ko'p xonali jarima so'mmalari, shunchaki jahon amaliyotidagi qo'llanmadan foydalanish lozim. Kechagi namanganlik ishqibozlarning o'zlarini tutishlarini oqlab bo'lmaydi. SHunday fantastik muhitni yaratayotgan ishqibozlar davomini ham chiroyli qilishsa, bundan avvalo "Navbahor" va o'zlari yutishadi. Ahir ko'rdikku, Namanganda "Navbahor"ni kerak payt hujumga chorlash ko'p jihatdan ularga ham bog'liq ekan.

Maydon alohida mavzu. Eskirgan mavzu. Barchani joniga tekkan eski qo'shiqdek yangrashi mumkin. Ammo taniqli so'z ustasi Xojiboy Tojiboevning mashhur askiyasida aytgani kabi, qachonki qo'shiqni so'zlarini to'g'ri aytishni o'rganmaguningcha qayta-qayta aytaverasan, degandek maydon ham qachonki o'z holatiga kelmagunicha bu mavzu ko'taraveriladi. Oddiy haqiqat: futbol o'ynash uchun avvalo maydon kerak. Arveladze aytganidek, hamma narsasi bor jamoa, fantastik muxlislarga ega, rahbariyatning kuchli etibori kamiga. Lekin negadir maydon o'sha-o'sha. Bundan hozirda balki "Navbahor" o'z uyida raqiblarni futbol o'ynay olmayotganidan yutayotgan bo'lishi mumkin. Ammo yuqori maqsadlarni ko'zlayotgan "Navbahor" hali xalqaro arenaga chiqqanida bundan pand eydi.



Nahotki shunday etiborli jamoa uchun maydonni, oddiy maydonni epaqaga keltirish qiyin bo'lsa? Ishonish qiyin. SHunchaki istak va xohish kerak. Qolganini "Navbahor"dek jamoa bemalol uddalashga qodir.

Yana bir fakt shuki, kechagi kiritilgan oltita to'pning to'rttasi standart vaziyatidan so'ng urildi.

Haqiqat shuki, chempionlik uchun kurashayotgan "Navbahor" hozircha safarda faqatgina bitta g'alabani Buxoroda tantana qildi. Endi aytingchi, chempion bo'lmoqchi jamoa nega safardagi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti? Men Toshkentdagi o'yinlardan keyingi matbuot anjumanida Mo'minjonovga jamoaning pozicion hujumlarda oqsayotgani haqida ko'p savol berganman. Ammo kechagi maydonni ko'rib va jamoa shu erda shug'ullanayotganini bilib, savollarimga javob oldim. Bunday maydonda har kuni shug'ullangan jamoa bu erda qanday o'ynashni biladi. SHuningdek, bu maydonda doim shug'ullanadigan va o'ynaydigan jamoadan kombinacion futbol kutish imkonsiz. Bu esa "Navbahor" safarga chiqqanida bilinib qolayotgani inkor etib bo'lmaydigan fakt.

"Navbahor"ning o'z uyidagi kuchli o'yini va mag'lubiyatsiz seriyasiga muxlislar ularni erkalatib qo'ygani va jamoaning "fishka"siga aylangan maydon ham katta rolni bajarayotgani bor gap. Bu bilan Ilhom Mo'minjonovning xizmatlari yoki ishiga past baho berayotganim yo'q. Jamoani yuqori ishtiyoqda o'ynatish va muxlislar effekti natijasidan ham foydalanishda murabbiyning ko'rsatmasi va ishini inkor etib bo'lmaydi.


Qisqa qilib aytganda, chempionlik uchun kurashayotgan muxlislar erkatoyi - "Navbahor" uchun bunday maydon uyat.


SHahboz Beg'amov

Namanganda o'tkazilgan "triller"ga bag'ishlangan FOTOMAQOLA

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика