So’nggi yangiliklar

16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2 15:43Футзал. БМБ "Пахтакор" дарвозасига жавобсиз 7та тўп киритди  2 15:05Манба: "Динамо" футболчиларига 3 ойдан бери маош берилмаяпти  6 14:47Аукционга қўйилган дўппининг нархи 44 миллион сўмга етди. Барча пуллар болалар шифохонасига хайрия қилинади  10 14:33Олимпиадага чиққан Ўзбекистон U-23 терма жамоаси футболчиларига қанчадан мукофот берилгани маълум  36 13:47ЕЧЛ. "Реал" ва "Бавария"нинг бугунги ўйин учун тахминий таркиблари  23 13:27"Насаф"нинг асосий жамоаси кетидан футзал жамоаси ҳам голлар шоусида ғалаба қозонди  0 12:55Миличкович "Металлург"нинг 900-голи муаллифи  1 12:27"Пахтакор"да йўқотиш. Бу мавсум 5та гол урган футболчи сафдан чиқди  15 11:58"Насаф" голлар шоусида ОКМКни мағлуб этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:27Футзал. Бугун Фарғонада 10-тур старт олади, пешқадам БМБ "Пахтакор"га қарши  0 11:11Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи  17 10:45Ильгиз Танташев ЖЧ-2026 саралаш ўйинига тайинланди  2 10:36«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр  2

"SHubhasiz eng yaxshi davrlarim "Bunyodkor"da o'tgan" - Stevica Ristich Antaliyada Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi Yangiliklar

"SHubhasiz eng yaxshi davrlarim "Bunyodkor"da o'tgan" - Stevica Ristich Antaliyada Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi

"Bunyodkor" - shonli tarixga ega klub.

O'z vaqtida bu jamoa safida braziliyalik Rivaldodan, chililik Vilyanueva kabi yulduzlar to'p tepib ketdi. Ammo ular orasida kamtargina makedoniyalik Stevica Ristich o'zgacha qadrlanadi. Qisqa vaqt ichida goleadorlik mahoratini ko'rsatgan "snayper" ko'pchilikning yoqimtoyiga aylanib ulgurgandi. Butsalarini mixga ilgan Ristich hozirda biz joy egallagan mehmonxonada istiqomat qilayotganidan xabar topib kechki taomdan so'ng Ristich bilan suhbat tashkil qilishga qaror qildim. 

- Sizni Antaliyada ko'rganimizdan xursandmiz. CHunki "Bunyodkor"da o'zidan nom qoldirgan legioner hisoblanasiz. Muxlislar sizni hamon eslab turishadi. Hozirda nimalar bilan bandsiz? 

- Men ham xursand bo'ldim. SHimoliy Makedoniyaning "Sileks" klubida sport direktor sifatida faoliyat olib bormoqdaman. O'z vaqtida mazkur klubda 3 yil to'p tepganman. SHundan so'ng legionerlik sarguzashtlarim boshlandi, Koreyaga ketdim. Jamoamiz yaxshi, rahbarimiz zo'r odam. Tarkibni kuchaytirishda davom etyapmiz. Mamlakat kubogi yarim finaliga etib keldik. O'tgan yili finalda mag'lub bo'ldik. 

- "Sileks"ga qanday kelib qoldingiz? CHunki 3 yil oldin siz bilan suhbatlashganimizda faoliyatingizni tugatganingizni, bolalar bilan mashg'ul ekanligingizni aytgan edingiz...

- Ha, faoliyatimni tugatgach 5 yilcha oilamga vaqt ajratdim. Qizim gandbol, o'g'lim futbol bilan shug'ullanadi. Makedoniyadagi futbol maktabida ishladim. O'tgan yili "Sileks" xo'jayinlari taklif qildi. O'ylaymanki, to'g'ri qaror qabul qildim. 

- Siz o'tgan yili Antaliyada "Bunyodkor" qarorgohida ko'rinish bergandingiz...

- O'zbekistonda eng yaxshi do'stlarim bor. Viktor Karpenko bilan doim aloqada bo'lib turamiz. Antaliyada yig'in o'tkazayotganini bilgach xursand xolda bordim, Viktor va Anvar G'ofurov bilan uchrashdim. O'yinni ko'rdim, futbolchilar bilan gaplashdik. "Bunyodkor" men uchun qadrli klub. 2008-2010 yillardagi "Bunyodkor" o'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi jamoa edi, deya olaman. Qanday futbolchilar, murabbiylar ishlab ketdi. Tarkib super, terma jamoa futbolchilari, Aziz Xaydarov, Server Jeparov, Viktor Karpenko, Jasur Xasanov kabi nomlar to'p tepardi. CHempionat darajasi kuchaydi. Buning samarasi 2011 yilgi Osiyo kubogida ko'rindi. O'zbekiston Osiyo kuboklaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. 

- Viktor Karpenkoning murabbiylik faoliyatidan xabaringiz bor. Lekin "Bunyodkor"dagi murabbiy sifatidagi qisqa davri omadli chiqmadi...

- "Bunyodkor" uning qo'l ostida yomon o'ynamadi. Safarda "Paxtakor"dan ustun keldi. O'yinni ko'rgandim. Bir narsani tushunish kerak, sizda kerakli o'yinchilar, sifatli ijrochilar bo'lmasa o'zingiz istayotgan narsani chiqara olmaysiz. "Bunyodkor"da shunday vaziyat edi. Viktor qanday ishlashni biladi. Lekin omadi kelmadi. "Paxtakor"da ham do'stim Slavche Voyneski ishladi. Uni keyin almashtirishdi. Yakunda "Paxtakor" chempion bo'ldi. 

- Slavche Voyneski chempionatimizga mos kelmadimi yoki futbolchilarni tushunmadimi?

- "Paxtakor"ning OCHLdagi o'yinlarini ko'rdim. Bu musobaqada o'ynaganman, darajasini bilaman. CHempionatda ham, xalqaro maydonda ham birdek muvaffaqiyat qozonish uchun 2-3ta tarkibingiz bo'lishi lozim. Voyneskiga qiyin bo'lishini aytgandim. 

- Ammo Voyneskida yomon tarkib yig'ilmagandi. "Nasaf" esa ulardan nisbatan kuchsizroq tarkib bilan guruhdan chiqdi... 

- "Nasaf" so'nggi yillarda yaxshi natijalar ko'rsatyapti. Ularning safiga "Navbahor"ni ham qo'shish mumkin. Moliyaviy holati juda yaxshi, deb eshitdim. 

- "Bunyodkor"da o'tkazgan damlaringizni eslab turasizmi?

- Eng yaxshi damlar. Ortiqcha izoxga xojat yo'q. CHunki pulmi, maydonmi, stadionmi muammo yo'q edi. O'sha "Bunyodkor" Osiyodagi eng yaxshisi edi. Bu jamoada o'ynaganimdan xursandman. Kubok finalida gol urganim yodimda. To'purarlar qatorida edim. Ketayotganimda "Paxtakor"dan ko'p ochko oldinda edik. Keyin kuzda "Amkar" safiga borib qo'shildim. 

- "Bunyodkor"ga kelishingiz hammasi "Poxang Stilers" bilan o'yindan keyin boshlandimi? Yoki kimdirdan qo'ng'iroq bo'ldimi?

- "Poxang Stilers" bilan OCHLda g'olib chiqdik. Rivaldo qo'ng'iroq qildi. Unga qanday qilib yo'q deyishim kerak edi?

- Braziliyaliklarning kelishi stadionga tomoshabinlar oqimini oshirdimi?

- Albatta. Masalan, Namanganda  "Navbahor" bilan o'yinlarda 3 soat oldin stadion to'lardi. 


- SHunday atmosferada har qanday hujumchining ham gol urgisi kelishi tabiiy. O'zbekiston chempionatida qaysi hujumchilar ko'proq yodingizda qolgan?

- Anvar Soliev, Aleksandr Geynrix o'sha payt "Paxtakor"da o'ynardi. Keyin u bilan "Suvong Samsung"da birga to'p tepdik. "Paxtakor"da hujumchidan tashqari ajoyib yarim himoyachi bor edi..

- Odil Ahmedov?

- Ha, Odil Ahmedov. U juda yaxshi ijrochi edi. 

- Geyrix haqida fikringiz chala qoldi?

- Uni juda yaxshi ko'raman. Koreyada ko'p vaqtimizni birga o'tkazardik. Juda pozitiv inson. Geynrix bilan gaplashsangiz doim boshqacha energiya olasiz. Kayfiyatim yo'q paytda u bilan suhbatlashardim. 

Klubi bilan bog'liq yumushlari tufayli Ristich bilan suhbatni ertaga davom ettirishga qaror qildik. Davomi bor...

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика