So’nggi yangiliklar

21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  7 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  7 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2

Namanganda IIB hodimlari o'rtasida turnir bo'lib o'tdi (FOTOGALEREYA) Yangiliklar

Namanganda IIB hodimlari o'rtasida turnir bo'lib o'tdi (FOTOGALEREYA)

Namangan viloyati Ichki ishlar idoralari terma jamoalari o'rtasida futbol bo'yicha o'tkazilgan Dinamo JTSJ birinchiligi musobaqaning yakuni bo'yicha.
Mamlakatimizda futbolning rivojlanish darajasi xozirgi kunda Osiyoda oldingi o'rinlarda qayd etilmoqda. Albatta buning zamirida muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimovning hamda xukumatimizning futbolga qaratayotgan ulkan etiborlari yotibdi.
Namangan azaldan futbol viloyati sanalib kelgan. Dunyoda birinchi raqamli sport turi xisoblanmish futbol,  viloyat ichki ishlar idoralari xodimlarining xam ko'nglidan chuqur joy olgan.

Futbol ichki ishlar idoralari xodimlarining jismoniy va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, ularning o'zaro hamkorligini mustahkamlash, xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadiga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega.  


Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi Jahon urushidagi G'alabaning  70 yilligiga bag'ishlab tashkil etilgan, futbol bo'yicha turnir joriy yilning  28 apreldan – 8 mayga qadar davom etgan birinchilikda viloyat IIB apparati, mustaqil boshqarmalar, shahar va tuman IIBlari vakillari 24 ta jamoa, 8 guruxga  bo'linib, g'oliblik uchun kurashdilar. O'yinlar Namangan shaxridagi Dinamo, CHust tumanidagi Paxtakor, Kosonsoy tumanidagi Kosonsoy, Uychi tumanidagi Paxtakor va Namangan shahridagi Navbaxor o'yingoxlarida o'tkazildi. Musobaqada 500 nafarga yaqin sportchi-xodimlar qatnashib, o'yinlarni O'zbekiston Futbol federaciyasining malakali hakamlari tomonidan boshqarildi.
Musobaqa davomida jamoalar o'z imkoniyatlari va mahoratlarini to'la namoyish etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi.  
SHuni alohida takidlab o'tish joizki, o'yinlar davomida barcha jamoalar musobaqaga jiddiy yondoshib, puxta tayyorgarlik bilan kelganliklari, barcha sportchilar jismonan baquvvat va mahoratli ekanliklari yaqqol ko'zga tashlanib turdi.

  Musobaqa nihoyasida:
 - Namangan viloyati IIB Alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi terma jamoasi  birinchi o'rinni;
 - Namangan viloyati IIB PPX va JTSB PPX bataloni ikkinchi va
 - Namangan viloyati IIB 32-sonli JIEM terma jamoalari uchinchi o'rinlarga sazovor bo'ldilar.   
 SHuningdek, musobaqa yakuni bo'yicha nominaciyalar qo'yidagilarga nasib etdi:
- Eng yaxshi darvozabon - Namangan viloyati IIB  AVBSO terma jamoasi azosi Sarimsaqov Oybek Ortiqovich;
- Eng yaxshi himoyachi - Namangan viloyati IIB PPX va JTSB terma jamoasi azosi Nurmatov Akmaljon Xoshimjonovich;
- Eng yaxshi hujumchi - Namangan shahar IIB terma jamoasi azosi Abdumajidov Vosid Voxidjonovich;
- G'alabaga bo'lgan irodasi uchun - Namangan shahar IIB terma jamoasi;

- Ommaviy sportni rivojlantirishga qo'shgan hissasi uchun   - Namangan viloyati IIB 32-sonli JIEM terma jamoasi azosi Ashurmetov Murodjon Mukimovich;

  - Sport tadbirini tashkillashtirishda va o'tkazishdagi faolligi uchun - “Navbaxor” markaziy o'yingoxi direktori Umarov Baxodir Ibragimovich.

  Ushbu musobaqada faxrli o'rinlarni egallagan jamoalar va  nominantlar viloyat IIB Dinamo JTSJning diplomlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Namangan  viloyati  Dinamo
 JTSJ raisining o'rinbosari
 podpolkovnik:     
                              SH.Sodiqov







Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика