So’nggi yangiliklar

17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:03"Бани Яс" — "Хорфаккан". Таркиблар маълум  0 16:24"Ньюкасл" — "Челси". Таркиблар маълум  4 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  13 15:40Икки йил аввал еврокубок финалида ўйнаган Италия клуби инқирозга юз тутмоқда  1 15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  3 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  3 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  9 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  10 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0

Najmiddin Normurodov: “Superligada qolish uchun oxirgi turga qadar kurashamiz” Yangiliklar

Najmiddin Normurodov: “Superligada qolish uchun oxirgi turga qadar kurashamiz”

Joriy mavsum “Mashal” jamoasi uchun oson kechmayapti. Klub oxirgi turlarda ko'p ochkolarni qo'ldan chiqarishi tufayli turnir jadvalining quyi pog'onalarining biriga tushib qoldi.

“Gazchilar” 23-turda o'z maydonida “Navbahor”ga qarshi o'ynaydi. Mazkur o'yinda 0:0 hisobi qayd etildi. Mazkur uchrashuvda "Mashal"ning markaziy himoyachisi Najmiddin Normurodov maydonda boshqalarga nisbatan faolligi bilan ajralib turdi. SHu bois iqtidorli futbolsi championat.asia talqiniga binoan turning ramziy terma jamoasiga kiritildi.

- “Navbahor” bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyingi taassurotlaringiz qanday?
- Mazkur uchrashuvdan oldin “Navbahor”ning qanday jamoa ekanini bilgan holda mashg'ulotlarda puhta tayyorgarlik ko'rgandik. Bahs ancha jangovar va kurashlarga boy bo'ldi. Deylik, bizda gol urish uchun imkoniyatlarimiz bo'ldi. Afsuski, undan foydalanish vaqtida omadimiz kelmadi. Qolaversa, raqibimiz ham ancha yaxshi o'yin ko'rsatdi.

- Sizningcha, “Mashal”ning bu mavsumda barqaror o'ynay olmayotganiga nima sabab bo'lmoqda?
- Tarkibimizda yo'qotishlar tufayli biz o'z darajamizda o'ynay olmayapmiz. Deylik, bazida jarohatlar sababli ko'p o'yinchilarimiz maydonga tusha olmayapti. Ayrim holatlarda esa sariq kartochkalar ko'pligi bois, asosiy tarkibimiz futbolchilari maydonga chiqa olgani yo'q. SHu jihatidan olib qaralsa, bosh murabbiyimiz optimal tarkibdan foydalanish vaqtida qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Tabiiyki, bu bizning natijalarimizga o'z tasirini ko'rsatmasdan qolmayapti.

- Ortda qolgan 23-turdan keyin “Mashal”ning turnir jadvalidagi holati ancha jiddiylashdi. Jamoangizning Superligada qolish imkoniyati qanday deb o'ylaysiz?
- Hali oldimizda o'yinlar bor. 23-turdan keyingi holatimizga kelib chiqib, havotirga tushmasligimiz kerak. CHunki hali o'yinlarimiz bor va ushbu bellashuvlarda g'alaba qozonib, o'zimizga kerakli miqdordagi ochkolarni jamg'ara olamiz. Bu orqali esa “Mashal” Superligada qola oladi. Keyingi o'yinlarga puxta tayyorgarlik ko'ramiz.

- Kelgusida yilda ham “Mashal”da qolasizmi yoki boshqa jamoaga yo'l olishingiz mumkinmi?
- “Gazchilar” bilan shartnomam muddati 2022 yilning dekabriga qadar mo'jallangan. Mavsum yakuniga etganidan so'ng barchasi malum bo'ladi. Katta ehtimol kelasi yilda ham “Mashal”da to'p tepaman.

- Ramziy terma jamoaga tushishingizni kutganmidiz?
- To'g'risini aytsam, kutmagandim. Saytda bu haqda ko'rib, xursand bo'ldim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика