Nainggolan “Inter”ga o'tishi mumkin
18 dek 2013 10:49
Yangiliklar


Nainggolan “Inter”ga o'tishi mumkin
“Inter” klubi “Kalyari” yarim himoyachisi Raje Nainggolanga yana qiziqib qoldi.
Milanliklar yarim himoyachisi Freddi Guarin klubdan ketadigan bo'lsa, klub 25 yoshli Nainggolanni sotib olishi mumkin, deb xabar beradi Italian Football Daily.
Avval berilgan xabarlarda Nainggolanning “Yuventus” yoki “CHelsi”ga o'tishi haqida aytib o'tilgan edi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi noyabrda “Kalyari” bilan shartnomani 2016 yilgacha uzaytirgan.
Ushbu mavsum Italiya chempionatining 15 ta o'yinida ishtirok etgan Nainggolan, 2 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar