Nahotki! Argentina ustozi Skaloni futbolchi bo'lgan payti Messidan libosini so'raganini yodga oldi
01 jan 20:41
Yangiliklar
Nahotki! Argentina ustozi Skaloni futbolchi bo'lgan payti Messidan libosini so'raganini yodga oldi
"Men "Malorka"da o'ynab yurgan paytlarim Messiga qarshi o'ynaganman. Bir gal o'yindan oldin unga shunday dedim: "Ey argentinalik yigit, o'yin yakunlanganidan keyin libosingni menga ber". U tabassum qildi va "Salom, albatta senga libosimni beraman", - dedi. Uchrashuv yakunlandi, men esa Messiga qaradim va uni yonida mening jamoadoshim Vebo turardi. Messi esa Veboga meni ko'rsatdi, Vebo ketdi. Messi libosini menga berdi va unga "Futbolkangni menga qoldirganing uchun rahmat", - dedim.
U esa "Do'sting ham mendan so'radi, lekin unga sen birinchi bo'lib so'raganingni aytdim", - dedi. Men kiyinish xonamizga kirdim va qo'lida Messining libosini ushlab turgan Veboni ko'rib hayron qoldim. Undan "bu futbolkani qaerdan olding", - deb so'radim. U esa shunday dedi: "Messi menga Skaloni birinchi bo'lib so'radi, lekin kiyinish xonasiga kirsang senga boshqasini beraman deb aytdi". Men ularning kiyinish xonasiga bordim, Leo esa libosini ushlab meni kutib turgan ekan.
Messi yoshligidan kamtar o'yinchi bo'lgan va aynan shu jihat uni dunyoning eng zo'rlaridan biriga aylantirgan".
Fikrlar
Ҳаш-паш дегунча кетадиган пайтиям яқинлаб қолди.
Янги йил муборак биродарлар.