Nagelsmann Levandovski va Xolandni taqqosladi
16 avg 2021 19:49
Yangiliklar
Nagelsmann Levandovski va Xolandni taqqosladi
Germaniya Superkubogi oldidan "Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland haqida gapirib, uni Robert Levandovski bilan solishtirdi.
"Xoland — ajoyib hujumchi, uning Dortmundda nufuzi baland. Unga yugurish uchun keng maydon hosil qilmaslik kerak. U juda tez, soatiga 36 kilometr tezlikda yugura oladi.
So'nggi bir necha yil ichida Levandovski o'zining top darajadagi hujumchi ekanligini isbotladi. Erling Bundesligada uzoq vaqt o'ynamadi, lekin uning statistikasi ajoyib.
Xoland va Levandovski har xil uslubdagi hujumchilar hisoblanadi. Levandovskida katta tajriba bor va u jamoamda o'ynayotganidan xursandman", — dedi murabbiy.
Fikrlar