Nagelsmann: "31 yoshimda CHLda ishtirok etayotganim uchun "Xoffenxaym" futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman"

Aslanov Jasurbek
19 sen 2018, 13:45
"Xoffenxaym" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Shaxtyor"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"CHLdagi debyut uchun kimga rahmat aytishni bilmayman: Jamoa murabbiysiz bunday natijaga erisha olmaydi, ammo murabbiy ham o'yinchilarsiz hech kim. 31 yoshimda Chempionlar ligasida ishtirok etayotganim uchun "Xoffenxaym" futbolchilariga minnatdorchilik bildiraman.

Bu men uchun tarixiy voqeami? Hammasi "Shaxtyor"ga qarshi bahsga bog'liq. Muvaffaqiyatning sabablari ko'p: O'z oldimizga qo'yadigan maqsadlar, sarflaydigan kuchimiz, biroz iqtidor va bunday natijaga erishish uchun yordam beradigan atrof muhit.

Kadrlar bilan bog'liq muammolar? Sakkiz nafar futbolchingizda muammo bo'lsa, sizga qiyin bo'ladi, ammo mashg'ulotlarni davom ettiryapmiz va har bir futbolchiga talab qo'yamiz. Oldinda bizni jiddiy o'yin kutib turibdi.

Ismlarni aytadigan bo'lsam, Ermin Bichakchich maydonga tushmaydi, hozir Joshua Brenet, Kevin Akpogum va Kerem Demirbayning ishtirokini muhokama qilyapmiz" - deydi Nagelsmann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: shakhtar.com