So’nggi yangiliklar

08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31

Myunxenda ijobiy natijaga erishildi, ammo... Yangiliklar

Myunxenda ijobiy natijaga erishildi, ammo...

Teglar :  Real Madrid
Tunda ko'pchilik orziqib kutgan bahs CHempionlar Ligasi yarim finali "Bavariya" - "Real Madrid" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Katta qizish bilan kutilgan uchrashuvda "qirollik klubi" safardan g'alabaga erishib qaytdi.

"Real" tarixda birinchi bo'lib CHempionlar Ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchdi va bu mavsum ham finalga chiqishga imkoniyatlari ancha yuqori. Bir qarashda hammasi yaxshi ketmoqda, lekin jamoada kamchilik va muammolar yo'q emas. Jamoa zafar quchganda tanqid qilish noto'g'ri-ku dersiz, biroq ECHLdagi g'alabalar konveyeri La Liga bahslarida ham ish berishi uchun nima etishmayapti? SHu haqida o'ylab ko'rganmisiz? 

Birga-bir bellashuvlarda "Qirollik klubi" istalgan raqib bilan kurasha oladi va uni qandaydir seriyalariyu, tarkibi uchun sarflangan millionlariga qarab o'tirmaydi. Hakamlar ko'maklashib turgandan keyin... deyishga shoshilmang, sababi o'sha hakamlar ham odam va ataylab xato qilmaydi. Neytral muxlis sifatida bir o'ylab ko'ring, Germaniyada Hakamlar kezi kelganda "Bavariya" foydasiga adashishmaydimi? Italiyada "Yuventus" har doim "toza o'ynab" yutadimi? Yoki o'sha "Barselona" tarixida bu kabi o'yinlar yo'q deysizmi? Unday deya ko'rmang, bo'lmasa, Ballak sizni albatta qidirib topadi! :) Uzoqqa borib nima qilamiz, o'zimizning chempionatimizda shunga o'xshash vaziyatlar bazan sodir bo'lmaydimi? Xo'roz O'zbekistonda ham, Evropaning istalgan burchagida ham bir xil qichqiradi degan gap bor.


Juneyt CHaqir "Real"ni bilmadimu, Krishtianu Ronalduning yaxshigina muxlisi ekanligini aniq bilaman. Qaysidir yili, ijtimoiy tarmoqlardan birida bu haqida post ham qoldirgan. Xo'sh, o'sha hakamni "Real Madrid"ning MYU bilan o'yiniga belgilanishida Madrid klubining nima aybi bor? Hakam xato qildi deb hisoblasa, Nani borib dardini UEFAga aytmaydimi? Mayli bu borada soatlab bahslashish mumkin, ammo "Real" ham, "Manchester Yunayted" ham buyuk klub ekanligi hech kim inkor eta olmaydigan fakt!

Agar "Real" chindan kuchli bo'lmaganda, faqatgina hakamlar yordami bilan "kuchlilar davrasi"da tarixda bo'lmagan natijani qayd etolmasdi, yana bilmadim...

"Bavariya", "Yuventus", "Barselona", "Atletiko", PSJ, orzulari osmon inglizlar – ularning hech biri yakuniga etmagan uch mavsumdan buyon "Qaymoqranglilar"ni CHempionlar Ligasidan chiqarib yubora olmayapti. Nega? Etibor berib qarasak, bunda Madrid klubi markaziy yarim himoyasi, Evropadagi eng kuchlisi ekanligi muhim omillardan biri. Bu haqida ko'plab murabbiy va mutaxassislar ham fikr bildirishgan. AQlli va ajoyib paslar etkazib beruvchi Modrich hamda Kroosning yonida Kazemiro, Isko, Kovachich turlicha ochilib bormoqda.

Biroq "Real"ning bazi "surunkali kasalliklari" borligi ham haqiqat. Aynan ular sabab klub uzoq davom etuvchi musobaqada muammolarga duch kelmoqda. Aynan shu muammolarni hal etsa, Evropani ketma-ket zabt etayotgan "Madrid" Ispaniya chempionatida ham xotirjam o'ynashi mumkin.

1. Ronaldu bo'lmasa ham, gol ura oladigan hujumchi


Ha, kecha Ronaldu gol urmagan bo'lsa ham jamoa g'alaba qozondi, lekin bunda Ronalduning ham xissasi bor. Istaydimi-yo'qmi raqib himoyachilarining fikru-xayoli aynan Ronalduni o'tkazib yubormaslik bilan band bo'lib qoladi. Kecha KriRo nafaqat sheriklari uchun bo'sh zonalar yaratib berishda, balki zarur payt himoyachilarga ko'maklashishda ham faollik ko'rsatdi.

Kim biladi, kim yo'qku, Krishtianu jiddiy mutaxassislar guruhi bilan ishlaydi. Guruh futbolchi sport formasidagi barcha o'zgarishlar avvaldan hisoblab chiqilgan va inobatga olingan. Ronaldu kuzda "dam oldi", o'shanda avvalgi yil uchun "Oltin to'p" masalasi ijobiy hal etilgandi, mavsumdagi eng muhimlargacha esa hali ancha vaqt bor edi. Biroq 2018 yil boshidan portugaliyalik butkul boshqacha futbol namoyish qilmoqda va Oltinchi "Oltin to'p" uchun qarab ketyapti. 33 yoshida shunday o'yin ko'rsatayotgani tahsinga loyiq albatta. Ammo "Real" bu faqat Ronaldu degani emas-ku. "Qirollik klubi" hech qachon bir futbolchiga bunchalik bog'liq bo'lib qolishi mumkin emas. Yozda Jahon CHempionati bo'ladi. Og'ir mavsumdan keyin yana bir muhim musobaqa. Tahmin qilib ko'raylik, Krishtianu kuzda yana "tanaffus"ga chiqib ketsa nima bo'ladi? Klub buni inobatga olgan holda yangi hujumchi topib qo'yishi zarur. Ana o'sha forvard Ronaldu "dam olayotgan" vaqtda ham gol urib, jamoaga muhim g'alabalarni keltirishi kerak bo'ladi.

Benzema bu vazifani uddalay olmayapti. O'zi Karim Benzemaning "qaymoqranglilar" darajasiga javob berishiga ham katta shubha bor. Hozirda ko'rsatkichlar bo'yicha aynan "Real" - La Liga etakchilari ichida eng ko'p gol urishi kutiladigan, ammo o'sha natijani ko'rsata olmayotgan klub bo'lib turibdi. Yani vaziyatlar ko'plab yaratilmoqda, ammo ulardan foydalanish koefficienti juda pas. Hujumlarni odatda yoki Ronaldu, yoki Benzema yakunlaydi. Portugaliyalik yangi yildan so'ng ishga jiddiy kirishdi, Benzema esa ... Karim chindan ajoyib sport formasida bo'lgan paytni eslashga ancha vaqt ketib qoladi. Bu "Real"ning etak bilan yopib bo'lmaydigan muammolari. Va uni hal etish uchun katta mablag' sarf qilish kerakligi ham bor gap. Jamoaga o'ta kuchli forvard zarur. U Ronaldu bilan ham, jamoa etakchisi bo'lmaganda yakka o'zi ham tinmay gol urishda davom etishi kerak. Axir yarim himoyadagilar etarlicha vaziyat yaratib berishmoqda. Keyn, Levandovski, Ikardi, Aguero, Mbappe – shu yil yozda "Santyago Bernabeu"da yana bir top hujumchi paydo bo'lishi zarur.

2. Zarur pallada qutqara oladigan posbon

"Real" himoyasida zo'r futbolchilar jam bo'lgan, ammo zo'r himoyachilar emas. Ularni dunyoning istalgan jamoasi o'z tarkibida ko'rishni xohlaydi, ular gollar uradi va hujumda katta yordam beradi. Lekin bundan himoya zarar ko'rmoqda. Marselo, Karvaxal va xatto markaziy himoyadagi Serxio Ramosning hujumga bu qadar oshiqishini inobatga olsak, himoyadagi ishlar boshqacha bo'lishi ham mushkul vazifa. Rafael Varan sovuqqon bo'lishga va ulg'ayganini isbotlashga, sheriklarinining xatoloarini zarur vaqtda "yopib ketishga" harakat qilmoqda, ammo bu har doim ham francuzning qo'lidan kelmayapti. Kimmixning golida asosiy ayb Navasdadir, ammo o'sha epizodda Marselo raqib jarima maydoni yaqinida qolib ketganini kim sezdi, kimlar sezmadi.  

Etibor bilan qarangda, "Madrid" har bir futbolchining yuqori saviyali ekanligi evaziga raqib hujumlarini yo'qqa chiqaradi. Oylar, yillar davomida yo'lga qo'yilgan jamoaviy, birgalikdagi himoyaviy o'yin haqida gap bo'lishi ham mumkin emas. Aynan shu sabab kuchli raqiblar bilan o'yinda "Qirollik klubi" darvozasi oldida muntazam ravishda golli vaziyatlar vujudga kelmoqda va vujudga kelaveradi. Keylor Navas bazan qutqarmoqda, bazan esa yo'q. Yana bir-bir yo'q joydan raqibga gol sovg'a qilib qo'yadi. "Yuventus" bilan javob o'yinini yodga olish kifoya. SHaxsan men Navasni hurmat qilaman va uning o'yini umumuman dabdala demoqchi emasman, ammo haqiqat shuki, "Real Madrid" yangi darvozabon orqali kuchayishi mumkinligi bor gap.

Etiro bildirishga va Keylorni himoya qilishga shoshilmang. To'g'ri o'tkazib yuborilgan gollarda butun himoyaning ham "xissasi" bo'ladi, ammo... Darvozabon nega yarim jamoa deyiladi? O'sha mushkul pallada darvozabon sheriklari joniga oro kirishi kerak emasmi? "Real" bu mavsum La Ligada ko'p gol qo'yib yubordi. Aniqrog'i, xaddan ziyod ko'p – 33 o'yinda 36 gol. "Barselona" va "Atletiko Madrid"ning o'tkazib yuborgan gollarini qo'shsangizgina, ular "Real"ga etib olishadi. Muxlislar "El Klasiko"sida "Real" muxlislari bemalol: "Gol qo'yib yuborishda sizlardan ikki barobar ustunmiz", deyishingiz mumkin. Albatta xazil, lekin muammo haqiqatdan yo'q emas... Bugungi kunda asosan omadini hujumdan qidiruvchi top klublar top darvozabonga ishonib, olg'a chopishadi. Aynan shuning uchun har ikki kunda "Real" hali darvozabonga, hali bu darvozabonga mo'maygina pul berishga tayyorligi haqida xabarlar chiqib turibdi.

3. Tarkibdagi muvozanat - zaxira uzunligi

O'tgan mavsumda balki sezilmagandir, lekin "Real" nafaqat asosiy tarkibi bilan, balki zaxiradan tushib, zarur vaqtda o'yinni kuchaytira oladigan yigitlar bilan kuchli edi. Aynan ular La Liganing qator o'yinlarida maydonga tushib raqibni yanchib tashlashardi. Asosiy tarkib muhim bahslardan oldin dam olar, ichki chempionatda ham kerakli ochkolar qo'lga kiritilardi. 

Bu mavsum Zidanning barchamizga malum bo'lib ulgurgan rotaciya tizimi u qadar ish bermayapti va bu ko'proq murabbiyning aybi emas, tarkib sababli. Asosiy tarkib emas, qadnomaga kiritalidan umumiy tarkib. Pepe, Danilo, Morata, Xames Rodriges va yana bir yosh futbolchilar jamoani tark etishdi. Ularning o'rniga ikkinchi jamoadan Teo Ernandes, Dani Sebalos, Ashraf Xakimi, Ha yana Xesus Valexo. Markazda va hujumda-ku Zidanda tanlash imkoni mavjud. Ammo himoyada asosiy tarkib uchun butkul kurash yo'q. Himoya to'rtligini Karvaxal, Ramos, Varan, Marselo tashkil qiladi va vaziyat taqozo etsa ularni o'rnini egallaydiganlar bor. Ammo zaxiradagilar maydonga tushganda, ular qo'pol xatoga yo'l qo'ymasalar ham, bu holat o'yin sifatiga tasir qilmoqda. Nacho hali to'liq tuzalmadi, zaxirada ishonsa bo'ladigan, qo'rmay jangga tashlaydigan o'yinchi yo'qligiga yana bir isbotni kecha ko'rdik. Karvaxal jarohat oldi va uning o'rniga Benzema tushib, Ronaldu markaziy hujumdan qanotga, Lukas Vaskes esa himoyaga o'tdi. 

Tarkibni deyarli barcha chiqiziqlarda kuchaytirish kerak. Zarur bo'lsa, kimnidir baxridan o'tib. Ana Lukas Vazkez va Assensio o'ynayapti-ku dersiz, lekin yosh iqtidor sohiblarining o'yini har kuni ham o'xshayvermaydi. Ular qiyin pallalarda jamoani muntazam joniga oro kira oladigan bo'lishlari uchun hali ko'p tajriba to'plashlari zarur.  


Tarkibni kuchaytirish borasida jiddiy ish olib borilmas ekan, muammolar bu mavsum chempionatda ko'rganimizdek jamoani muhim pallalarda "chalib" qolaveradi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика