So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  13 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Myunxen fojiasi"dan omon qolgan ricar - Ser Bobbi CHarlton Yangiliklar

"Myunxen fojiasi"dan omon qolgan ricar - Ser Bobbi CHarlton

Bugun ingliz futbolining afsonasi Ser Bobbi CHarlton tavallud topgan kun.

Ser Bobbi CHarlton - ingliz futbolining timsoli!

Qarindoshlari tufayli Bobbi CHarlton bolaligidan futbol o'ynay boshlagan. 1953 yilning boshida u sharqiy Nortumberlendning o'rta maktab jamoasi tarkibida futbol o'yinida ishtirok etdi. O'yindan so'ng uchrashuvni kuzatib borgan Angliya chempionatining birinchi (yuqori) divizion klubi vakili "Manchester Yunayted" uni ushbu jamoada professional faoliyatini boshlashga taklif qildi.

1954 yilning oktyabr oyida u "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi. Bobbi hujum zonasiga joylashtirildi. U asosiy tarkibdagi debyutini 1956 yilning 6 oktyabrida Londonning "CHarlton Atletik" klubiga qarshi o'yinda o'tkazdi. Ushbu bahsda futbolchi ikkita gol urdi, uchrashuv esa "Manchester Yunayted"ning 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. SHu bilan birgalikda 1950 yillarning o'rtalarida harbiy xizmatni o'tagan. Murabbiy Mett Basbi ko'magida u tog'lardagi quruqlik qo'shinlarining artilleriya va texnik qismiga tayinlangan. CHarlton joylashgan bo'linma SHrusberi (SHropshir grafligi)da, Manchesterdan 90 km uzoqlikda joylashgandi. Dam olish kunlari klubda to'p tepish huquqiga ega edi. 1956/1957 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, hujumchi "Manchester Yunayted" tarkibida Angliya chempioni bo'ldi.

Myunxen tragediyasi va MYUning qayta tug'ilishi

CHarltonning "Yunayted"da o'tkazgan ilk mavsumida jamoa birinchi divizionda g'alaba qozondi hamda Angliya kubogi finaliga qadar etib kelib, hal qiluvchi bahsda "Aston Villa"ga yutqazdi. Bir yil o'tgach, Bobbi asosiy tarkibning muhim o'yinchisiga aylandi va klub bilan Evropa chempionlar kubogining yarim finaliga chiqdi. Bu Angliya futboli uchun ulkan muvaffaqiyat edi: inglizlar ilgari xalqaro maydonlarda unchalik yaxshi natijalarga erishmagandi. Bir yil o'tgach, "Manchester Yunayted" ushbu natijasini takrorladi, CHarlton esa chorak finalda "Crvena Zvezda"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. Biroq "qizil iblislar"ning ushbu o'yindan qaytish paytida 23 kishining hayotiga zomin bo'lgan Myunxen samolyoti halokati sodir bo'lgan. CHarlton mo'jizaviy tarzda omon qoldi: uning o'rni samolyotdan 50 metr nariga uchib ketdi. Ammo Robert bosh jarohati va travmatik shok bilan qutulib qoldi. Ko'pchilikdan farqli o'laroq, unda samolyotlarga nisbatan vahima qo'zg'amadi. CHarltonning jamoadoshlari va bosh murabbiyi Basbi uzoq vaqt havoga ko'tarilishdan qo'rqishgan. Bobbi esa hech narsa bo'lmagandek yana parvoz qilgan.

CHarlton "Yunayted" muxlislarining asosiy umidiga aylandi, ular ko'plab favoritlarini, jumladan, Edvardsni yo'qotgandi. "Qizil iblislar" uchun mavsum yakunlanishi, kutilganidek, omadsiz bo'ldi. Zaiflashgan mankunianlar Angliya kubogi finalida Boltonga yutqazdi, Evropa CHempionlar kubogi yarim finalida esa "Milan"ga imkoniyatni boy berdi.

Myunxen fojiasidan keyin "Manchester Yunayted"ni tiklash uchun Mett Basbiga bir necha yil kerak bo'ldi. Bu vaqtda CHarlton jamoaning hujumkor o'yinida asosiy bo'g'inga aylandi. Yosh Bobbi o'zini har tomonlama namoyon qila oldi. 1958 yildan boshlab CHarlton Angliya terma jamoasiga jalb qilingan hamda dastlabki uchrashuvlardanoq raqiblarini ranjita boshlagandi. To'g'ri, 1958 yilgi jahon chempionatining final bosqichida Bobbi birorta o'yinda ham maydonga tushmagan, bu esa terma jamoa murabbiylar shtabiga nisbatan tanqidlarga sabab bo'lgandi. Biroq kelasi mundialda CHarlton terma jamoada muhim rol o'ynaydigan ijrochiga aylandi. SHu bilan birga, MYU inqirozdan asta-sekin chiqib ketayotgan edi. Myunxendagi falokatdan so'ng "qizil iblislar"ning dastlabki sovrini 1963 yilda qo'lga kiritilgan Angliya kubogi bo'ldi. Turnir finalida Basbi shogirdlari o'sha bahsda so'zsiz favorit hisoblangan "Lester"ni mag'lub etdi. 1964/65 yilgi mavsumda esa "Yunayted" nihoyat chempionlikni qo'lga kiritdi. Bir yil o'tgach, klub sovrinlarsiz qoldi, biroq CHarlton hayotidagi muhim sovrinlardan birini qo'lga kiritdi.

60-yillarning ikkinchi yarmi - CHARLTONNING OLTIN DAVRI

1966 yilgi jahon chempionati oldidan ingliz futbolida inqilob yuz berdi: mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi yakka o'zi yakuniy tarkibni elon qilish huquqini qulga kiritdi. Ilgari ushbu qaror o'sha futbolchilarni yildan-yilga jamoaga chaqirgan qo'mita tomonidan qabul qilingan. O'sha paytdagi ingliz murabbiyi Alf Remzi jamoani sezilarli darajada yoshartirdi va bu o'z samarasini berdi. Milliy terma jamoa o'z uyidagi jahon chempionligini qo'lga kiritdi, turnir qahramonlaridan biri CHarlton yil so'nggida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. Robertning Jahon chempionatida eng yuqori ko'rsatkichga (uchta gol) ega bo'lgani ajablanarli emasdi, chunki u yarim himoyada o'ynagan va hujumchilar uchun asosiy snaryad vazifasini o'tagan.

1966/67 yilgi mavsumda CHarlton yana Angliya chempioni bo'ldi, bir yildan so'ng "Manchester Yunayted" bilan birgalikda Evropa CHempionlar kubogini qo'lga kiritdi. Finalda o'z mamlakatlarining o'sha paytdagi eng yaxshi namoyondalari yana to'qnash keldi: angliyalik CHarlton va portugaliyalik Eysebio. O'sha oqshom "qora marvarid" inglizlar darvozasini ishg'ol qila olmadi, lekin Bobbi dubl qayd etdi va "Yunayted"ning qo'shimcha vaqtda 4:1 hisobidagi g'alabasini taminladi. "Manchester Yunayted" esa asosiy evrokubokni qo'lga kiritgan birinchi ingliz klubi bo'ldi.

Bir necha oy o'tgach, CHarlton yana Evropa maydonida porladi. Qita chempionatida britaniyaliklar uchinchi o'rin uchun kechgan uchrashuvda SSSRni mag'lub etib, bronza medallarini qo'lga kiritdi - 2:0. Bir yil o'tgach, CHarlton Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlandi, shuningdek, Angliya terma jamoasi sardori etib tayinlandi hamda jamoadagi yuzinchi o'yinini o'tkazdi. Umuman olganda, Ser Bobbi terma jamoa safida 106 uchrashuv o'tkazib, 49 ta gol urdi. 1973 yilgacha bu ko'rsatkich Bobbi Mur tomonidan zabt etilgunga qadar Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turgandi. SHuningdek, CHarlton 2017 yilgacha Ueyn Runi undan o'tib ketgunga qadar "Manchester Yunayted" tarixidagi to'purar hisoblangandi. Ser Bobbi "qizil iblislar" safida 758 o'yinda 249 ta gol urgan. 35 yil davomida hech kim "Manchester Yunayted" safida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha uning rekordini yangilay olmadi, lekin 2008 yilda Rayan Giggz buni uddaladi.

CHarltonning "Manchester Yunayted" bilan so'nggi muvaffaqiyatli mavsumi 1966/67 yil edi, o'shanda "qizil iblislar" Angliya kubogini qo'lga kiritgan. SHundan so'ng garchi uni terma jamoaga taklif qilishda davom etishsa ham yulduz futbolchining karerasi asta-sekin pasaya boshladi. CHarlton - to'rtta jahon chempionatida qatnashgan yagona ingliz futbolchisi.

MYUni tark etish va karera yakuni

CHarlton "Manchester Yunayted"ni 1973 yilda, 35 yoshida tark etgan. Ser Bobbi "Preston" klubi boshyaruvchisiga aylandi va jamoa boshqaruviga kelganidan bir yil o'tib, maydonga qaytishga qaror qildi hamda jamoaning futbolchi-murabbiyiga aylandi. U "Preston" safida jami 45 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi. 1975 yilda "Oltin to'p" sohibi yana butsalarini mixga ildi va VVSda o'yinlarni sharhlay boshladi. Ammo CHarltonga futbolchilik faoliyatini yakunlash 1980 yilda nasib etdi. "Preston"dan keyin uni Irlandiyaning "Uoterford", Uelsning "Bangor", Janubiy Afrikaning "Arkadiya", Avstraliyaning "Nyukasl" va "Blektaun"ga olib kelishdi.

Faoliyatini yakunlaganidan ko'p o'tmay CHarlton "Uigan" prezidentiga aylandi va 1983 yilda bir muddat jamoa bosh murabbiyi sifatida ishladi. Bir yil o'tgach, afsonaviy futbolchi "Manchester Yunayted" direktorlar kengashiga taklif qilindi va shu kungacha klubda faoliyat yuritadi.

1994 yilda qirolicha Elizaveta II buyuk futbolchini ricarlik unvoni bilan taqdirladi. Ser Bobbi CHarlton - Angliyaning milliy g'ururi. U muntazam ravishda barcha xalqaro futbol ishlarida o'z vatani vakili sifatida ishtirok etadi.

U ikkita jahon chempionatining ramziy jamoasiga kiritilgan (1966 va 1970), turli versiyalar bo'yicha dunyoning 100 ta eng yaxshi futbolchisi ro'yxatiga kiritilgan. Ser Bobbi CHarlton - tirik futbol afsonasi. Joze Mourino 2018 yilda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlangach, uning Ser Bobbi bilan birinchi uchrashuvidagi so'zlari shunday edi: "Siz mamlakatim orzularini 1966 yilda puchga chiqardingiz. Ammo shunga qaramay, sizga hurmatim cheksiz. Siz 45 yoshga o'xshaysiz".


Yutuqlar

Jamoaviy yutuqlar

"Manchester Yunayted"

Angliya chempioni (3): 1956/57, 1964/65, 1966/67

Angliya kubogi g'olibi: 1963

Evropa chempionlar kubogi g'olibi: 1968 yil

Angliya superkubogi sohibi (4): 1956, 1957, 1965, 1967

Jami: 9 ta sovrin


Angliya terma jamoasi

Jahon chempioni: 1966 yil

Evropa chempionatining bronza medali sovrindori: 1968 yil

Britaniya uy chempionati g'olibi (10): 1958, 1959, 1960, 1961, 1964, 1965, 1966, 1968, 1969, 1970

Jami: 12 ta sovrin


SHaxsiy yutuqlar

"Oltin to'p" sohibi: 1966

Futbol jurnalistlari associaciyasi tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi: 1966

Jahon chempionatining "Oltin to'p" sohibi: 1966

Yarmarkalar kubogi to'purari: 1965 yil

Futbol Ligasining 100 ta afsonasi ro'yxatiga kiritilgan: 1998 yil

Angliya futbol shon-sharaf zaliga kiritildi: 2002 yil

"FIFA 100" ro'yxatidan o'rin egallagan: 2002 yil

BBC tomonidan futbol oldidagi xizmatlari uchun: 2008

Futboldagi xizmatlari uchun UEFA prezidenti mukofotining sovrindori: 2009

Jahon chempionatining ramziy jamoasiga kiritilgan (2): 1966, 1970

World Soccer malumotlariga ko'ra, XX asrning eng buyuk futbolchilari ro'yxatiga kiritilgan.

Oqil Abdubarnoev tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика