Myuller qaysi stadionga tomoshabin sifatida borishni xohlashini aytdi
01 avg 2022 01:24
Yangiliklar
Myuller qaysi stadionga tomoshabin sifatida borishni xohlashini aytdi
"Bavariya" futbolchisi Tomas Myuller "Liverpul"ning uy stadioni "Enfild"dagi muhitga qoyil qoldi.
"Menga "Manchester Siti" yoqadi. Ammo men o'zimni muxlis sifatida tasavvur qilsam, "Enfild" tribunalarida bo'lishni juda xohlardim", — dedi Myuller.
"Enfild" o'ziga xos atmosferasi bilan mashhur. Stadionning timsollaridan biri "Liverpul" o'yinlari oldidan muxlislar tomonidan aytiladigan "You'll Never Walk Alone" qo'shig'i hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, shanba kuni "Liverpul" Angliya Superkubogi sohibiga aylandi. Yurgen Klopp shogirdlari "Manchester Siti"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi.
Fikrlar