Myuller "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti
13 jan 2020 18:52
Yangiliklar
Myuller "Bavariya" bilan yangi shartnoma imzolashni xohlamayapti
"Bavariya" forvardi Tomas Myuller myunxenliklar bilan yangi shartnomani yozga qadar muhokama qilmoqchi emas.
"Men faqat ushbu mavsumda muvaffaqiyatli ishtirok etishni istayman.
Yozda rahbariyat bilan gaplashib, variantlarnini ko'rmoqchiman. Ko'ramiz, nima bo'larkin.
Bunday holatda biz barcha tomonlar uchun maqul keladigan bitim borasida qaror qabul qilishimiz kerak", - deydi Myuller.
Myullerning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar