MYUga gol urgan "Rochdeyl"ning 16 yoshli himoyachisi: "Endi maktabda psixologiyadan testdan o'tishim kerak"
26 sen 2019 16:08
Yangiliklar


MYUga gol urgan "Rochdeyl"ning 16 yoshli himoyachisi: "Endi maktabda psixologiyadan testdan o'tishim kerak"
"Rochdeyl"ning 16 yoshli himoyachisi Lyuk Metison Angliya liga kubogi MYU bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hammasi tez sodir bo'ldi. Yana nima ham deya olishim mumkin? Hech qachon 16 yoshli yigit "Old Trafford"da gol uradi deb o'ylamaganman. Bu hammaning orzusidir.
Tariflashga til ojiz. Bu men, jamoam, Brayan Barri Merfi ("Rochdeyl" bosh murabbiyi) va barcha uchun ajoyib kecha bo'ldi.
Jamoada buyog'iga tatil, ammo men maktabga borib, psixologiyada test topshirishim kerak", - deydi Metison.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" - "Rochdeyl" o'yinining 76-daqiqasida Lyuk Metison hisobni tenglashtirdi. O'yin esa penaltilar seriyasigacha etib bordi va yakunda MYU 5-3 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar